ⓘ Sariq jizildoq - kuylovchi jizildoklar oilasiga mansub hasharot; qishloq xojaligi ekinlari zararkunandasi. Voyaga yetgan Sariq jizildoqning qanotlari zargaldoq ..

                                     

ⓘ Sariq jizildoq

Sariq jizildoq - kuylovchi jizildoklar oilasiga mansub hasharot; qishloq xojaligi ekinlari zararkunandasi. Voyaga yetgan Sariq jizildoqning qanotlari zargaldoq tusli. Tanasining uz. 30 mm cha. Moylovlari 3 bogimli; orqa oyoqlari sakrovchi. Chala ozgarish bilan rivojlanadi. Urgochisi osimlik poyasining yuqori qismini teshib, shu joyga 10 - 15 tadan tuxum qoyadi. Natijada osimliklarning teshilgan joydan yuqorisi soliydi va qurib qoladi. Shikastlangan yosh nihollarning 40% gachasi nobud boladi. Lichinkalarining nimfa bosqichiga qadar rivojlanishi 3 yil davom etib, bu 5 yoshni tashkil etadi, nimfa holida qishlaydi. Voyaga yetgan individlari may oyining oxiri - iyun boshlarida, gozaning shonalash davrida paydo boladi. Sariq jizildoq, asosan, yantoqzorlarda yashaydi. Ozbekistonda Buxoro viloyatida kop tarqalgan. Kurash choralari: partov va tashlandiq yerlarni ozlashtirish; Sariq jizildoq doimiy uchraydigan yerlardagi yantoqni erta orib olish; Sariq jizildoqning uchish va lichinkalarining chiqish davrida zararlangan gozaga 20% li sumitsidin purkash.