ⓘ Saf - harbiy bolinma va qismlarning birgalikda harakat qilishi uchun muayyan tartibda joylashuvi. Quldorliktuzumining vujudga kelishi turli qoshin qismlarini ma ..

                                     

ⓘ Saf

Saf - harbiy bolinma va qismlarning birgalikda harakat qilishi uchun muayyan tartibda joylashuvi. Quldorliktuzumining vujudga kelishi turli qoshin qismlarini malum tartibga solish, S. tuzishni taqozo etgan. Yaqin Sharq, Yunoniston, Qad. Rim va Karfagenda qurolyaroglarning va harbiy ishning takomillashuvi, jang aravalarining paydo bolishi jangovar S.ga alohida diqqat qilishga zamin yaratgan. Turkiy xalqlar tomonidan jahon harbiy sanati tarixida birinchi bolib otliq askarlar S.ining joriy kilinishi suvoriy qoshinining dushman kuchlari ustidan tola ustunligini taminlagan.

Zamonaviy S. - harbiy xizmatchilar, kichik bolinmalar va qismlarning Nizomga kora, piyoda va mashinalarda birgalikda harakat qilish uchun joylashuvi. Bunda qanotlar ortasidagi masofa - S.ning eni, 1sherenga oldinda turgan harbiy xizmatchidan songgi sherenga oxirida turgan harbiy xizmatchi orasidagi, mashinalar bilan turganda esa, 1chiziqda oldinda turgan mashinalar bilan songgi orqadagi chiziqda turgan mashinalar ortasidagi masofa - S.ning boyi deb ataladi. Bolinmalar 1 yoki 2 sherenga mashinalar liniyasiga yoxud kolonnalar liniyasiga Nizom yoki komandir belgilab qoygan oraliq masofani saqlagan holda tizilishi - yoyiq S. bolib, shuningdek, boshqa zarur hollarda qollaniladi. Bolinmalarning Nizom yoxud komandir belgilab qoygan oraliq masofani saklagan holda kolonnalarga tizilishi - yurish Si deb ataladi. U bolinmalarning marshni bajarishi, tantanali marsh va ashula bilan otish kabi bir joydan ikkinchi joyga kochishi, shuningdek, boshka zarur hollarda qollaniladi. S.ni boshqarish - komandirning ovoz, signal va shaxsiy namuna, shuningdek, texnik va harakat vositalari orqali beriladigan buyruqlari orqali amalga oshiriladi.

Kolonna boyicha buyruqlar kichik bolinmalar komandirlari mashina boshliqlari va tayinlangan kuzatuvchilar orqali uzatilishi mumkin.

Hamidulla Dadaboyev, Xudoynazar Jumanazarov.