ⓘ Safaviylar davlati - Orta Sharqda safaviylar boshqargan davlat. Ardabil hukmdori Ismoil oq qoyunlilar va ularning ittifoqdoshlari ustidan galaba qozonishi natij ..

                                     

ⓘ Safaviylar davlati

Safaviylar davlati - Orta Sharqda safaviylar boshqargan davlat. Ardabil hukmdori Ismoil oq qoyunlilar va ularning ittifoqdoshlari ustidan galaba qozonishi natijasida barpo etilgan. Safaviylar davlati tarkibiga Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Eron, hozirgi Afgoniston, Arab Iroqi va boshqa hududlar kirgan. Safaviylar, asosan, qizilboshlilarga tayangan. 16-asrgacha poytaxt Tabrizda bolib, 1548 y. Qazvinga kochirilgan. Davlat dini shialik bolgan. Shoh Tahmasp I davrida kochmanchi qabilalar tasiri kuchayib, Safaviylar davlatida xalq qozgolonlari avj olgan. 1535 y. Xurosondagi xalq qozgolonidan foydalangan Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni bosib olgan. Tahmasp I Kavkazorti, Kurdiston, Iroqni qaytarib olish uchun turklar bilan tinimsiz urushlar olib borgan. Tahmasp I vafotidan song boshlangan ozaro urushlar natijasida Safaviylar davlati inqirozga uchrab, mayda mulklarga bolinib ketgan. Bundan foydalangan Turkiya Safaviylar davlatining shim. qismini, ozbek xonlari Xurosonni bosib oldi. Bu vaqtga kelib qizilboshlilar Abbos I atrofiga birlashgan. 1597 y. Xuroson ozbeklardan tortib olingan. Harbiy islohot otkazilgan. Poytaxt Isfahonga kochirilib, unda va boshqa shaharlarda qurilish ishlari olib borilgan. 1603 - 07 yillar Luriston, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon Turkiyadan qaytarib olingan. 1623 y. Bagdod ham qoshib olingan. Savdo va hunarmandchilik taraqqiy etgan. Abbos II ning vafotidan song Safaviylar davlati yana inqirozgauchray boshlagan. 18-asr boshlarida Afgonistondagi safaviylar hokimi Mir Vays ozini mustaqil deb elon qilgan. 1722 y. uning ogli Mahmud Safaviylar davlati ning ancha qismini bosib olgan. Safaviylarning afgonlar va turklarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan sarkardasi Nodir safaviylar sulolasini taxtdan agdarishi bilan Safaviylar davlati barham topgan.