ⓘ Safforiylar davlati - Eronda safforiylar sulolasi hukmronlik kilgan davlat. Seyistonlik dehqon Yaqub ibn Lays as-Saffor asos solgan. 9-asrning 2-yarmida Orta Os ..

                                     

ⓘ Safforiylar davlati

Safforiylar davlati - Eronda safforiylar sulolasi hukmronlik kilgan davlat. Seyistonlik dehqon Yaqub ibn Lays as-Saffor asos solgan. 9-asrning 2-yarmida Orta Osiyo va Eron chegarasida xalq harakatlari kuchayib ketadi. Bu xalq harakatlaridan miskar aka-uka Yaqub va Amr ibn Layslar oz niyatlarini amalga oshirishda foydalandilar. Avval ular qaroqchilik qildilar, songra Seyistondagi "goziylar" qoshiniga qoshildilar. Yaqub tez orada bu qoshinning boshligi bolib oladi. U 861 yilda Seyistonning poytaxti Zaranj shahrini tohiriylardan tortib oldi. 873 yilda ularga songgi zarbani berib, poytaxt Nishopurni egallaydi. Natijada arab xalifasi Xuroson noibligini Yaqubga topshirishga majbur boladi. 876 yilda Yaqub katta qoshin bilan Bagdod tomon yol oldi. Bu jangda Yaqub xalifa qoshinidan maglubiyatga uchradi va u orqaga qaytdi. 879 yilda Yaqub vafot etib, taxtga ukasi Amr ibn Lays otirdi va xalifaga oz vassalligini bildirdi. Bunga javoban xalifa Amr ibn Laysni Xuroson va Eronning noibi ekanligini qayd qiluvchi yorliq yubordi. Bu davrga kelib Movarounnahrda somoniylar sulolasi kuchayib borayotgan edi. Xalifa al Mutazid Ismoil Somoniy Movarounnahr hokimligidan tushirilgani va u yerga Amr ibn Laysni hokim qilib tayinlaganini elon qildi. Movarounnahr noibligi togrisidagi yorliqni olgan Amr ibn Lays Ismoilga qarshi qoshin tortdi. 900 yilda Buxoro ostonasida Amr ibn Lays qoshinlari tormor etildi. Tohir ibn Muhammad bir necha marta harakat qilib Safforiylar davlatini tiklay olmadi. 9-asr boshlarida Somoniylar mulkiga qoshib olindi.