ⓘ Badruddin Samovuniy – tasavvuf olimi, qoziaskar. Saljuqiylar naslidan. Bir necha yil Misr sultoni Barquqqa dars bergan. Amir Temur Turkiya sultoni Boyazid I Yil ..

                                     

ⓘ Badruddin Samovuniy

Badruddin Samovuniy – tasavvuf olimi, qoziaskar. Saljuqiylar naslidan. Bir necha yil Misr sultoni Barquqqa dars bergan. Amir Temur Turkiya sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi lashkar tortib Tabrizga kelganida B. S. uning huzurida ulamolar hal qilolmagan masalani hal qilib berib katta etibor qozongan. Anqara jangidan song, B. S. Turkiyadagi Edirne shahri hokimi tomonidan qoziaskar etib tayinlangan. Ammo, tez orada xalqni isyonga chorlagani uchun qatl qilingan. U fiqx va tasavvufga oid "Jomi al-fusulayn", "Masarrat al-qulub", "Latoif al-ishorat" kabi bir qancha asarlar yozgan.