ⓘ Sirdaryo tumani - Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1939 yil 10 fevralda tashkil etilgan. Shim.sharkdan Toshkent viloyati, jan.sharkdan Sayxunobod, janubidan Gulisto ..

                                     

ⓘ Sirdaryo tumani

Sirdaryo tumani - Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1939 yil 10 fevralda tashkil etilgan. Shim.sharkdan Toshkent viloyati, jan.sharkdan Sayxunobod, janubidan Guliston tumanlari, garbdan Qozogiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0.55 ming km². Aholisi 110.5 ming kishi. Tumanda 2 shahar, 4 shahrcha, Quyosh, Malik, J.Mamanov), 8 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Sirdaryo shahri.

                                     

1. Tabiati

Yer yuzasi past-baland tekisliklardan iborat ortacha bal. 240 m, shim.sharq tomonga bir oz qiya. Yer osti suvlari yuza, shor. Tuman hududining shim. shim.sharqtomonidan Sirdaryo, garb tomonidan Dostlik kanalining ong tarmoqlari otadi. Oqova shor suvlar chiqarib yuboriladigan kanal, ariq-zovur bor. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning ortacha temperaturasi 27°-29°, eng yuqori tra 42°, yanvarning ortacha temperaturasi −4°, eng past tra −33°. Vegetatsiya davri 195-200 kun. Yillik yogin 260-280 mm. Tuproqlari boz, allyuvial, otloqi botqrq va shorxok tuproqlar. Yovvoyi osimliklardan shuvoq, yantoq, shora, qongirbosh, qiyoq, qorajusan, oqbosh, qamish, har xil butalar, tol, jiyda terak va boshqa osadi. Yovvoyi hayvonlardan, chiyabori, tulki, borsiq, quyon, ondatra, kalamush, kaltakesak, ilon; parrandalardan ordak, tustovuq, kalxat, chugurchiq; suv havzalarida har xil baliqlar bor.

Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, tojik, tatar, qozoq, rus, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km²ga 201 kishi. Qishloq aholisi 75.7 ming kishi, shahar aholisi 34.8 ming kishidan ziyod 2003.

                                     

2. Xojaligi

Tuman xojaligi, asosan, qishloq xojaligiga ixtisoslashgan. Sirdaryo tumanida 160 kichik va xususiy korxona, 3 qoshma korxona bor. Sanoat korxonalaridan Toshkent mashinasozlik zavodining filiali, qurilish tashkilotlari, 5 avtokorxona, ReFDepo maktab va sport jihozlari, sut, guruch, 2 paxta tozalash va non zavodlari, Yangiyol poyabzal f-kasining filiali, bosmaxona, qandolatchilik, kvas va limonad i.ch. korxonalari, Sirdaryo sh. bozori faoliyat korsatadi.

Qishloq xojaligining yetakchi tarmogi - paxtachilik, 12 shirkat, 793 fermer xojaligi bor. Tumandagi sugoriladigan yer maydoni 27502 ga, shu jumladan, 14760 ga yerga paxta, 8666 ga yerga don, 890 ga yerga beda, 68 ga yerga sabzavot va poliz, 1241 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 1051 ga yer mevazor va tokzor. Tuman jamoa va shaxsiy xojaliklarida 24990 qoramol shu jumladan, 10152 sigir, 10610 qoy va echki, 4.4 ming parranda, 834 ot boqiladi.

Sirdaryo tumanida 32 kutubxona 296 ming kitob, 16 klub va madaniyat uyi ishlab turibdi. 45 umumiy talim maktabi bolib, ularda 24456 oquvchiga 1813 oqituvchi talimtarbiya bermoqda. Kasb-hunar litseyi, 2 kasb-hunar kolleji, Sirdaryo pedagogika kolleji, 2 kasb-hunar maktabi, musiqa va sanat, 3 sport maktabi mavjud. Markaziy stadion, bir qancha sport maydonlari va sport inshootlari bor. Tumanda markaziy kasalxona, tugruqxona, shoshilinch tibbiy yordam bolimi, feldsherakusherlik punktlar, qishloq vrachlik ambulatoriyalari, dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 201 vrach, 1005 orta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududidan Katta Ozbekiston trakti otadi. 2004 yildan Toshkent - Samarqand yonalishida katnay boshlagan elektr poyezdi, Guliston - Toshkent elektr poyezdi, Sirdaryo st-yasi orqali Toshkent - Andijon - Namangan, Toshkent - Jizzax, Moskva - Dushanba poyezdlari otadi. 1963 yildan "Sirdaryo" tuman gaz. chiqadi adadi 2635.