ⓘ Sirka kislota, CH3COOH - otkir hidli, rangsiz, nordon, bir asosli karbon kislota. Suvsiz Sirka kislota muzga oxshaganligi uchun muz kislota deb qam ataladi. Suy ..

                                     

ⓘ Sirka kislota

Sirka kislota, CH3COOH - otkir hidli, rangsiz, nordon, bir asosli karbon kislota. Suvsiz Sirka kislota muzga oxshaganligi uchun "muz" kislota deb qam ataladi. Suyuqlanish temperaturasi 16.75%, qaynash temperaturasi 118.1°, zichligi 1055 kg/m³. Suv, spirt, efir va benzolda yaxshi eriydi, uglerod sulfidna erimaydi. Sirka kislota - insoniyatga qadimdan malum bolgan kislotalardan. Atsetaldegidnn oksidlab olinadi. Sirka kislota turli sohalarda, mas, atsetilsellyuloza, plastmassa, sirka angidrid, organik erituvchilar, insektitsidlar, farmatsevtik preparatlar, atseton, sintetik boyagichlar i.ch.da va gazlamalarni boyashda ishlatiladi. Sirka kislota buglari nafas yollari shilliq pardasini yalliglantiradi. 30% dan ortiq konsentratsiyali Sirka kislota terini kuydiradi.