ⓘ Sirtqi talim - ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va orta maxsus malumot olish shakli. Kunduzgi talim shaklidan talaba larning mustaqil oqishi bilan farq ..

                                     

ⓘ Sirtqi talim

Sirtqi talim - ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va orta maxsus malumot olish shakli. Kunduzgi talim shaklidan talaba larning mustaqil oqishi bilan farq qiladi. Sirtqi talim muayyan sohadan malumot olish shakli sifatida 19-asrning oxirlarida Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda joriy etilgan bolib, ular dastlab eksternat shaklida texnik, harbiy va pedagogik malumot olishga, shuningdek, savod organishga yonaltirilgan. 20-asrning 20y.larida oliy talim muassasalarida Sirtqi talim kurslari, keyinchalik bolimlari va hozirgi kunda amal qilinayotgan shakllari paydo boldi.

Ozbekistonda Sirtqi talim 1938 yildan tashkil etildi. Shu yili Orta Osiyo universitetida sirtqi bolim tuzildi. Hozir Sirtqi talim orta maxsus va oliy talim muassasalarida tashkil etilgan maxsus markaz, bolim va ftlarda amalga oshiriladi. Unda talimning asosiy qismi 60 - 70% talaba oquvchilarning mustaqil bilim olishiga asoslangan bolib, ular 1 yilda 2 marta kunduzgi talim shaklida oquv fanlaridan maruzalar tinglaydilar hamda semestrlar boyicha imtihonlar topshiradilar.

Orta maxsus hamda oliy oquv yurtlarida Sirtqi talim orta maxsus va oliy oquv yurtlarining sirtqi ft bolimlarida olib boriladi. Darslik va dasturlar, odatda, kunduzgi va Sirtqi talim tizimida umumiy boladi. Sirtqi oliy va orta maxsus oquv yurtlarida ft, bolimlarida talimning predmetkurs tizimi qabul qilingan. Sirtqi talim tizimining mazmuni, talabalar oquvchilar tomonidan ozlashtiriladigan bilimlarning majburiy minimal darajalari, shuningdek, kirish imtihonlari kunduzgi talim shakli bilan bir xil boladi. Talimning sirtqi va kunduzgi bolimlarini bitirgan mutaxassislar uchun bir xil namunadagi diplom beriladi. Sirtqi talimda qishloqxojaligi, iktisodiyot, aloqa va ayniqsa, ped. boyicha eng kop mutaxassis tayyorlash yolga qoyilgan. Sirtqi talim shakli sogliqni saqlash tizimi uchun mutaxassislar tayyorlashda qollanilmaydi.

Sirtqi talim boyicha kasb-hunar kollejlariga tayanch umumiy orta talim 9 y.lik, oliy oquv yurtlariga kasb-hunar kollejlari, akademiklitsey va umumiy orta talim maktablarini bitirganlar yoshlaridan qati nazar qabul qilinadilar.

Ozbekistonda 2000/2001 oquv yilidan boshlab maxsus Sirtqi talim shakli joriy etilgan bolib, unga orta maxsus malumot hamda 3 yillik mehnat stajiga ega bolgan pedagog xodimlar mos yonalishlar boyicha qabul qilinadilar. Orta maxsus va oliy oquv yurtlarida sirtdan talim olayotganlar uchun ularning asosiy ish joylaridan belgilangan tartibda imtiyozlar beriladi. Ozbekistonda ayrim fanlar boyicha televizion oquv korsatuvlari, televizion olimpiadalar asosan, umumiy orta talim boyicha kabi Sirtqi talim shakllari ham amal qiladi. 2002/2003 oquv yili Ozbekistondagi 45 oliy talim muassasasida 61 ming talaba, orta maxsus okuv yurtlarida 73.7 ming oquvchi sirtdan talim oldi. Ozbekistonda 1998 yilgacha umumiy orta talim tizimida, 2002 yilgacha aspirantura tizimida ham Sirtqi talim mavjud bolgan.

Asqarali Sulaymonov.