ⓘ Sotsializm - xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi talimot. Sotsializm tar ..

                                     

ⓘ Sotsializm

Sotsializm - xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi talimot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yol bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni mukammal jamiyat deb hisoblaydilar.

                                     

1. Tarixi

"Sotsializm" atamasi Fransiyada XIX asrning 30-yillarida istemolga kirgan.

Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bogliq tasavvurlar "oltin asr" togrisidagi qadimiy goyalarga borib taqaladi. Bu goyalarning asoschisi Platon hisoblanadi. U "Siyosat", "Davlat", "Qonunlar" kabi asarlarida mohiyatan sotsializmga oxshash jamiyat togrisidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini organgan Aristotel osha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yoqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yolining oxiri halokatli ekanligini takidlagan. Umumiy tenglik, "oltin asr" borasidagi goyalar keyinchalik utopik xayoliy sotsializmning turlicha korinishlarida oz ifodasini topdi.

K. Marks va F. Engels ishlab chiqqan ilmiy sotsializm deb atalmish nazariyaga kora, sotsializm kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. Sotsializmga ikki xil yol bilan erishish mumkin deb qarovchilar bolgan. Masalan, T. Mor, T. Kampanella, G. Mabli, Morelli, N. Chernishevskiy, A. Bebel va boshqalar uni tinch yol bilan amalga oshirish tarafdori bolgan. G. Babyof, M. Bakunin, K. Marks, Parij kommunarlari, V. Lenin va boshqalar qurolli qozgolon yolini ilgari surishgan.

                                     

1.1. Tarixi Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi

XX asrning 20-yillarining oxiri - 30-yillarining boshida SSRIda, Ikkinchi jahon urushidan keyin esa boshqa mamlakatlar jahon sotsialistik tizimida ham totalitar tuzumning qaror topishi tufayli sotsializm togrisidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismida yoyildi. Davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlikni, ozgacha fikrlovchilarga toqatsizlikni kuchaytirgan yuqori qatlamning diktaturasi sotsialistik deb atalgan bunday tuzumga xos belgilar edi. Totalitar rejimning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va manaviy bohronga, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolib ketishga, jahon sivilizatsiyasidan ayri holda yashashga olib keldi. Ozbekiston ham shunday jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, erkin kasb egalari tugata borildi. Zorlik asosiga qurilgan quloq qilish quloqlashtirish?, jamoalashtirish siyosati, boshqa korinishdagi qatagonlarni sotsializm qurish yolidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi. Ayrim mamlakatlarga, jumladan, Ozbekistonga nisbatan" kapitalizmni chetlab sotsializmga otish” mumkinligi togrisidagi soxta talimot ham oylab topildi.

XX asrning 80-yillari oxiri - 90-yillari boshida SSSRda va boshqa mamlakatlarda boshlangan ozgarishlar bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga otishga qaratildi. Mustaqillik jamiyat azolari uchun yagona ijtimoiy mulkchilikni qaror toptirish yolidagi barcha urinishlarga barham berdi.

                                     

2. Yonalishlari

Reja: 1.Sotsializm tushunchasining paydo bo’lishi. 2.Sotsialistik lager davlatlarining paydo po’lishi 3. Sotsial davlatlar olib borgan siyosiy faoliyat Xulosa Foydalanilgan manba va adabiyotlar

1.Sotsializm tushunchasining paydo bo’lishi. "Sotsializm" atamasi Fransiyada XIX asrning 30-yillarida istemolga kirgan.Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bogliq tasavvurlar "oltin asr" togrisidagi qadimiy goyalarga borib taqaladi. Bu goyalarning asoschisi Platon hisoblanadi. U "Siyosat", "Davlat", "Qonunlar" kabi asarlarida mohiyatan sotsializmga oxshash jamiyat togrisidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini organgan Aristotel osha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yoqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yolining oxiri halokatli ekanligini takidlagan. Umumiy tenglik, "oltin asr" borasidagi goyalar keyinchalik utopik xayoliy sotsializmning turlicha korinishlarida oz ifodasini topdi. K. Marks va F. Engels ishlab chiqqan ilmiy sotsializm deb atalmish nazariyaga kora, sotsializm kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. Sotsializmga ikki xil yol bilan erishish mumkin deb qarovchilar bolgan. Masalan, T. Mor, T. Kampanella, G. Mabli, Morelli, N. Chernishevskiy, A. Bebel va boshqalar uni tinch yol bilan amalga oshirish tarafdori bolgan. G. Babyof, M. Bakunin, K. Marks, Parij kommunarlari, V. Lenin va boshqalar qurolli qozgolon yolini ilgari surishgan. XX asrning 20-yillarining oxiri - 30-yillarining boshida SSRIda, Ikkinchi jahon urushidan keyin esa boshqa mamlakatlar jahon sotsialistik tizimida ham totalitar tuzumning qaror topishi tufayli sotsializm togrisidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismida yoyildi. Davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlikni, ozgacha fikrlovchilarga toqatsizlikni kuchaytirgan yuqori qatlamning diktaturasi sotsialistik deb atalgan bunday tuzumga xos belgilar edi. Totalitar rejimning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va manaviy bohronga, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolib ketishga, jahon sivilizatsiyasidan ayri holda yashashga olib keldi. Ozbekiston ham shunday jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, erkin kasb egalari tugata borildi. Zorlik asosiga qurilgan quloq qilish quloqlashtirish?, jamoalashtirish siyosati, boshqa korinishdagi qatagonlarni sotsializm qurish yolidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi. Ayrim mamlakatlarga, jumladan, Ozbekistonga nisbatan" kapitalizmni chetlab sotsializmga otish” mumkinligi togrisidagi soxta talimot ham oylab topildi. XX asrning 80-yillari oxiri - 90-yillari boshida SSSRda va boshqa mamlakatlarda boshlangan ozgarishlar bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga otishga qaratildi. Mustaqillik jamiyat azolari uchun yagona ijtimoiy mulkchilikni qaror toptirish yolidagi barcha urinishlarga barham berdi. XX asrning oxirida yuz bergan buyuk voqea sifatida tarixga kirgan sotsializm sistemasining yemirilishi shubhasiz tarixchilarning diqqat markazida turishi tabiiydir. Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarda shuningdek, SSSRda yuz bergan ozgarishlar jarayonining kelib chiqish sabablari va oqibatlarini chuqur organish hamda tegishli xulosalar chiqarish, amalga oshirilayotgan islohotchilik harakatlarini qiyosiy ravishda tahlil qilish nihoyatda ahamiyatlidir. Aftidan 1989 yil 1848 yilga oxshab tarixda ramziy yil bolib qoldi. Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa koz ongimizda ozgarib ketdi, ommaning kuchli harakatlari natijasida avtoritar tuzumlar quladi, kommunistik partiyalarning yakka hukmronligiga chek qoyildi. Ba’zan fojiali va oldindan aytib bolmaydigan voqealar sodir boldi. Shuni ham aytib otish kerakki, sobiq sovet kishilarining aksariyati uchun voqealarning bunday burilish olishi kutilmagan hol boldi va deyarli esankiratuvchi ta’sir korsatdi. Buni shunday tushuntirsa boladi: Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlarida va SSSRda keyingi yillarda yuz bergan real ichki jarayonlar, aytish mumkin, Vengriya va Polshani istisno qilganda, ular ortasidagi ozaro munosabatlar va hamkorlikning murakkab muammolari sovet ommaviy axborot vositalarida aynan mushohada qilinmadi hamda yoritilmadi. Ular otmishning ayanchli an’analariga mahliyo bolib, odatda bu mamlakatlardagi ishlarning haqiqiy ahvolini ancha boyab tasvirladilar, bunda yaqinda hokimiyatdan chetlashtirilgan doiralarning rasmiy nuqtai nazarini ifodaladilar. Shu bilan bir vaqtda u yerda sotsial keskinlik kuchaya bordi, oxiri 1989 yili oxirida boronga aylandi va totalitar hamda avtoritar boshqaruv rejimlariga chek qoyildi. Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi, shuningdek, SSSRdagi muhim ozgarishlar jarayoni kontinentdagi muqitni tubdan ozgartirib yubordi. Sovuq munosabatlar urushiga chek qoyilib, /arb bilan Sharq ortasida ishonch ruhi vujudga keldi, German davlatlarining birlashish jarayonini tezlashtirdi, mustaqil davlatlarning tashkil topishiga zamin tayyorladi. Avvalo shuni aytib otish kerakki, sobiq sotsialistik mamlakatlardagi ozgarishlar jarayoni jamiyatdagi inqirozlar oqibatida, xalqlarning uzoq yillar davomida yetilib kelgan pinhoniy noroziliklari natijasida yuzaga keldi. Demak, 40-yillar oxirida "sotsialistik" inqiloblar galaba qilgan va forma jihatidan sotsialistik tuzum ornatilgan davlatlarda ommaning antiavtoritar va antitotalitar chiqishlari bu tizimning taqidirini hal qildi. Bunday ozgarishlar Ruminiyadan tashqari boshqa sotsialistik davlatlarda qon tokishlarsiz amalga oshirildi. Demak, sotsialistik davlatlardagi ozgarishlar jarayoni birdaniga yuzaga kelgan yoq, buning boshlanishini oldingi 10-yilliklardan izlamoq kerak. Bu haqda mutaxassislarning bir necha marta bahslari va munozarali tortishuvlari bolib otganligini eslash joizdir. Unda sotsialistik davlatlarda yuz berayotgan va yetilib kelayotgan krizisli jarayonlar muhokama qilingandi, undan qutulish yollari qidirilgandi. Biroq olimlarning fikrlari ma’muriy-buyruqbozlik apparati rahbarlari tomonidan inobatga olinmadi. Natijada 1989 yilning oxiridagi voqealarning shiddatli kechishi GDR, Ruminiya, Bolgariya, Chexoslovakiya, Polsha va Vengriyada mavjud bolgan sotsialistik tuzumni ostin-ustun qilib tashladi. Bu voqealar ushbu davlatlarda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy krizislarning yuqori choqqisiga chiqqanligining oqibati boldi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, ushbu jarayonlar yuz berishining asosiy sababi, 2-chi jahon urushidan keyingi yillarda asosan, 1947-48 yillarda sotsializm qurish sovetcha modelining ushbu davlatlarga aynan kochirilishi oqibatida boldi. Jamiyatni boshqarishning Stalincha ma’muriy-buyruqbozlik usulining mahalliy va milliy xususiyatlarni hisobga olmay Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlar hayotiga aynan kochirilishi notogri ekanligini hayotning ozi korsatdi. Togri osha paytda sotsializm qurishning sovetcha modelidan boshqa yol yoq edi, bu yol yagona, togri yol deb qabul qildirilgandi. Biroq, ushbu sovetcha yolni qabul qildirishda xalqlarning kop ming yillik milliy an’analari, urf-odatlari va qadriyatlari, mahalliy sharoitlari va milliy xususiyatlari, diniy e’tiqodi va chegaralari hisobga olinmadi. Yevropada sotsializm yoliga otgan davlatlarda mavjud sovet modelini kop partiyaviylik asosida milliy va mahalliy xususiyatlarga qarab ozgartirishga urinishlar darhol bugib tashlandi. Sovet modelidan boyin tovlash, yoki siyosiy va iqtisodiy reformalar qilishga bolgan har qanday urinishlar darrov davlatlar ortasidagi kelishmovchiliklarning kelib chiqishiga sabab bolardi. Masalan, 1948 yilgi Yugoslaviya bilan kelishmovchilik shunday kelib chiqqan edi. Osha vaqtda deyarlik barcha kompartiyalar VKP b yolini ma’qullab Yugoslaviya kompartiyasi faoliyatini dastlab, burjuacha millatchilikka burilishda, songra fashizm tomon burilishda va keyinchalik togridan-togri Yugoslaviya xalqining milliy manfaatlariga xoinlik qilishda aybladilar.

2.Sotsialistik lager davlatlarining paydo po’lishi 1948 yil iyunida bolgan Kominformbyuro rezolyutsiyasida, xususan "Yugoslaviya kompartiyasidagi ahvolga doir" degan xujjatda va 1949 yil noyabrda qabul qilingan "Yugoslaviya kompartiyasi qotillar va josuslar hokimiyati tepasida" degan xujjatda oz aksini topdi.Jamiyatga begona bolgan modelning tiqishtirilishi, xalqlarning va mamlakatlarning tarixiy, milliy xususiyatlarini hisobga olmasak, uni otmish qadriyatlari va an’analaridan, Yevropa va dunyo mamlakatlari bilan yuritib kelgan kop asrlik aloqalaridan ajratib qoyish siyosatidan noroziliklar Yugoslaviyadan tashqari boshqa mamlakatlarda ham sotsializm qurishning dastlabki yillaridanoq boshlangan edi. Ma’qul bolmagan sovetcha modeldan voz kechish yoki uni isloh qilish uchun bolgan urinishlarni biz 1953 yil Berlinda, 1956 yil Polsha va Vengriyada, 1968 yil Chexoslovakiyada, 1980-81 yillarda Polshada yuz bergan voqealar bilan izohlaymiz. Afsuski, bunday harakatlar turli xil yollar bilan, jumladan: kuch ishlatish yoli bilan, SSSRning "harbiy yordami" bilan mamlakat rahbarlarini almashtirish yoli bilan va "revizionizmga" qarshi juda qattiq kurash olib borish yoli bilan bostirilardi. Markazga boysunishni susaytirmaslik, imperializmga qarshi kurashda sotsializm blokining birligini saqlab qolish, yagona mafkuraviy frontning birligi uchun kurash olib borish siyosati xalqlarning va davlatlarning tarixiy va milliy qiziqishlaridan ustun qoyildi. Masalan: Varshava Shartnomasi Mudofaa Tashkiloti a’zolaridan 5 davlatning kollektiv "internatsional" aktga birlashgan holda 1968 yil bahorida Chexoslovakiya davlati hududiga oz qoshinlarini kiritishlari mavjud tizimda boshlangan inqirozning oldini olib qolish uchun va kuch ishlatish yoli bilan jahon sotsializm sistemasining ozini ham saqlab qolishga bolgan urinish edi. Kommunistik harakatning zarbdor kuchlari va rahbarlari bunday holatning kelib chiqish sabablarini bilar edilar. Shuning uchun ham /arbiy Yevropa davlatlari kompartiyalarining faol a’zolari orasida munozarali diskussiyalar ham boldi, Yevropaning oz xususiyatlarini hisobga olib, ish yuritish tarafdorlari bolgan "Yevrokommunizm" oqimi ham vujudga keldi. Biroq, 1969 yilgi Kommunistik va ishchi partiyalari vakillarining Xalqaro kengashidan keyin bunday holatlar aniq korina boshlagan bolsa ham, masalani kollektiv bolib muhokama qilishdan, krizisli holatlarni bartaraf qilish yollarini izlashdan kopincha chetlab otildi. Kommunistik va ishchi partiyalari vakillarining kengashlari va uchrashuvlarida asosan "kommunistik birlik uchun", "tinchlik va qurolsizlanish uchun" kurash masalalari muhokama qilindi. "Sotsialistik hamkorlik" ideologlari asosan, ozlarining sa’yi-harakatlarini kommunistik qurilishning "umumiy qonuniyatlari" ni ishlab chiqishga qaratdilar. Xususan, 1957 yilda bolgan kengashda ushbu mazmundagi bir qancha xujjatlar qabul qilindi. Voqeylikka va sotsializm qurish ishiga yangicha yondoshish harakatlari inkor qilib kelindi. Yetilib kelayotgan "kasallik" sabablari organilish orniga u yashirib kelindi. Shu yol bilan sotsialistik hamjamiyatdagi portlash jarayonlari bir muncha orqaga surilgan edi. Bunday siyosat yuritish asosan, 60-yillar oxiri va 70-yillar boshlariga kelganida ozining nomaqbul siyosat ekanligini korsata boshladi. Ayniqsa, qurollanish poygasini yuqori darajada olib borish orqali NATO bloki bilan Varshava Shartnomasi Harbiy Tashkiloti ortasidagi kuchlar muvozanatini saqlab turishga urinish ota xavfli siyosat ekanligidan butun jahon tashvishga tusha boshladi. Bu oz navbatida sotsializmga ixlosi bor mamlakatlarning ham undan yuz ogirib ketishlariga sabab boldi. Togri, bunday holatlar tashqi siyosat yuritish borasida sotsialistik mamlakatlarni ma’lum darajada ijobiy siljishlar qilishga majbur qildi. 70-yillar boshida Germaniya masalasini tinch yol bilan hal qilishga urinish, 1970 yil 12 avgustda SSSR bilan GFR ortasida davlat shartnomasining imzolanishi, 1975 yilda Xelsinkida Umumevropa Kengashining chaqirilishi, Yevropa kontinentida xalqaro keskinlikni yumshatishga erishish va boshqalar sotsialistik "hamdostlik" mamlakatlari bilan kapitalistik mamlakatlar ortasidagi qarama-qarshiliklarni bir muncha yumshatganday boldi. Biroq, sotsialistik "hamdostlik" mamlakatlari iqtisodiy hayotidagi ilgarigi boshqarish usuli va markazdan qochuvchi kuchga qarshi kurash yoli saqlanib qolaverdi-ki, bu oz navbatida sotsialistik "hamdostlik" mamlakatlari xalq xojaligining jahon mamlakatlari xalq xojaligida bolayotgan buyuk ozgarishlardan orqada qolib, ilmiy-texnika inqilobi talablariga javob berolmay qolishiga olib keldi. Masalan: GDRni olaylik, u yerga xalq xojaligini yuritishning sovetcha modeli aynan kochirilgandan keyin, urushdan oldin va urush yillarida GFR xalq xojaligi bilan bir xil darajada turgan GDR xalq xojaligi sotsializm qurilishi yillarida butunlay orqada qolib ketdi. 1989 yilga kelganda GDRdagi mehnat unumdorligi GFRdagidan 40 foiz past boldi. Soz bilan qurilayotgan sotsializm va kommunizm bilan amaldagi sotsializm ortasidagi jarlik tobora chuqurlashib bordi. Shuni aytib otish kerakki, SSSR da ham va sotsialistik hamdostlik mamlakatlarining birontasida ham otgan yillar mobaynida xalq ommasining turmush farovonligini ta’minlagan va ta’minlay oladigan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlar xalq xojaligiga yaqin bolgan mustahkam xalq xojaligi tizimi yaratilmadi. Sotsialistik xalq xojaligidagi krizisli holat yildan-yilga chuqurlashib bordi, ishlab chiqarish va milliy daromad korsatkichlari pasayib bordi. Inflyatsiya kuchayib, davlatlarning tashqi qarzi oshib bordi. Qaror topgan sotsialistik jamiyat demokratiyaning eng oliy formasi sifatida atalsada, ammo qogozdagi deklaratsiya demokratiyasi haqiqiy hayotiy demokratik jamiyatdan juda yiroqda turar edi. Inson huquqlari masalasining eng oddiy elementlariga ham z’tibor berilmadi. SSSRdagi kabi hamdostlik va Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarda ham sotsialistik jamiyat nuqsonlarini, kompartiyalar siyosatidagi xatolarni tanqid qilish, kamchiliklarni ochib tashlash uchun urinish sotsializmga dushmanlik sifatida baholandi va tegishli jazo choralari qurildi. Sotsialistik jamiyatning xato va kamchiliklardan xoli bolgan jamiyat sifatida baholanishi va siyosat yuritilishi, xalq ommasi keng tabaqalarining fikri bilan hisoblashmaslik, amalda ularni jamiyatni boshqarish ishlaridan chetlashtirib, faqat topshiriqlar va buyruqlarni bajaruvchi passiv ijrochilarga aylantirib qoyish, fikrlash, novatorlik va kashfiyotlar qilish huquqidan mahrum qilib qoyish va hokazolar ma’muriy - buyruqbozlik usulida ish yuritayotgan kompartiyalar rahbarlariga nisbatan norozilikni kuchaytirib bordi. SSSR hamda Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarning ichki ahvolini keskinlashtirgan, demokratiya mavjud bolmagan vaziyatda siyosiy-mafkuraviy nostabillik uchun shart-sharoit yaratgan boshqa muhim omillar ham bor edi. Avtoritar rejimlar jamiyatni demokratik asosda qurish bilan muvofiq kelmas edi. Xalq manfaatlari, uning xohish-istaklari hukmron doiralar uchun hech narsa emas edi. Fikrlar xilma-xilligi isyonkorlik deb hisoblanar va ta’qib qilinar edi. Zero, har qanday boshqacha fikrlashning oldini olish uchun repressiya mashinasi doimo tayyor turar edi. "Dissidentlar" deb atalmish kishilar, kopincha shunday nom olgan taniqli yozuvchilar, masalan Chexoslovakiyaning ozgarishlar jarayonidan keyingi Prezidenti V.Gavel kabilar, shuningdek, madaniyat arboblari, olimlar qamoq va sudlarga duchor qilinar yoki mamlakatdan surgun qilinardi. GDR aholisining 1989 yil 2-chi yarmida mamlakatdan GFR tomon ommaviy ravishda otib ketishga urinishlari, 1-chi navbatda iqtisodiy sabablar bilan emas, balki siyosiy erkinliklar yoqligi bilan bogliq ekanligini otkazilgan sotsiologik sorovlar korsatdi. Mintaqa mamlakatlarida qonunchilikni buzishlar, poraxorlik, xazina ogirligi keng yoyildi. E.Xonekker va GBSPning boshqa rahbarlari yashagan uylarning aql bovar qilmaydigan darajada jihozlanishini GDR televideniyasi orqali xalqqa korsatganda, bu narsa portlagan bomba singari taassurot qoldirdi. Yoki boshqa bir misol, T.Jivkovning davlat hisobidan shahar tashqarisida 40 dan ortiq qarorgoh, dala hovli va ovchilik uylari qurishi, ov qilish uchun maxsus qoriqxonalarning tashkil qilinishi, yoki bolmasa, N.Chaushesku chomiladigan vannaning jumragi oltindan, YE.Chaushesku chomiladigan vannaning jumragi kumushdan qilinishi, xullas bularning hammasi sotsialyastik mamlakatlar rahbarlarining barchasiga tekkan kasal bolib, umumdavlat manfaatlariga zid va yot bolgan hatti-harakatlar edi. Bular "real sotsializm" ga putur yetkazgan va uning inqirozga yuz tutishiga oz hissasini qoshgan omillardan bolib hisoblanardi. 3. Sotsial davlatlar olib borgan siyosiy faoliyat Yevropadagi sobiq sotsialistik davlatlarning barchasi hokimiyat qolidan tortib olinib, hukmronlik mavqeini yoqotgan kompartiyalarning takdiri ayanchli kechgan paytda bitta savol tugildi: ushbu partiyalarning dohiylari, ideologlari va nazariyotchilari partiya va hukumat faoliyatidagi halokatga olib boruvchi xatolarni nahotki kormagan bolsa? Albatta, ularni kormadi yoki sezmadi deb ayta olmaymiz, ular nimalarnidir hayotga qollab korgandek bolishdi. Xalq xojaligini boshqarishda dunyo tajribasidan foydalanayotgan ham bolishdi, yangi-yangi partiya dasturlari, uzoq muddatli istiqbolli rejalarni ham qabul qilishdi, ushbu dasturlarda sotsializm juda katta yutuqlarga erishayotgan jamiyat qilib ta’riflandi. Mavjud sotsializmni qanday sotsializm deb atash kerakligi togrisida kopgina munozara va diskusiyalar boldi. Uni rivojlangan sotsializmmi, rivojlanayotgan sotsializmmi, otish davrida turgan sotsializmmi yoki umuman va uzil kesil galaba qilgan sotsializmmi deb atash kerakligi togrisidagi tortishuvlar boldi. Sotsializm afzalliklarini ilmiy-texnika inqilobi yutuqlari bilan boglab olib borish kerakligi togrisida bilagonliklar qilishdi. Biroq bularning hammasi kosmetika laboratoriyasi chegarasida qolib ketdi, amaliyotda qollanmadi.Savol tugiladi, Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarda hukmronlik mavqeini yoqotib, tarqatib yuborilgan va rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortilgan kompartiyalarda islohotlar qilish mumkinmidi, shu partiyalar oz siyosatlarida ijobiy, xalqchil bolgan qayta qurish va yangilanishlarni amalga oshirib, oz hukmronliklarini saqlab qolishlari mumkinmidi? Shuni aytib otish kerakki, har bir narsani oz vaqtida qilmasa, yoki vaqtidan kechiktiribroq qilsa ogir oqibatlarga olib kelishi turgan gap. Masalan: 1985 yilda SSSRda boshlangan qayta qurishni KPSS rahbariyati boshladi. Lekin bu qayta qurish juda kech boshlanganligi uchun, shu qayta qurishni boshlab bergan shaxs ham, uning partiyasi ham hokimiyatda qololmadi. Agar Chexoslovakiyani oladigan bolsak, mamlakatda reformani 1968 yil bahorida boshlash kerak edi, chunki CHKP faoliyatini ommaning katta qismi qollab-quvvatlagan edi. CHKP shunday yol tutganda omma orasida oz obrosini saqlab qolgan bolardi. Partiya rahbarlarining almashtirilishi bilan bu reformaning yoli tosib qoyildi va CHKPning omma orasida obrosining tushib ketishiga olib keldi. "Praga bahori" mobaynida olga surilgan, kop yillar davomida qattiq tanqid qilinib, "turgunlik" ideologlari tomonidan sotsial-reformizm ramzi deb e’lon qilingan "demokratik sotsializm" davlatini bunyod etish goyasi hozirda butunlay boshqacha qabul qilinayotganligini tushunib olish qiyin emas. Yangi ijtimoiy tuzum oz qiyofasini mehnatkashlar ommasi sari burmasa, bunday tuzumning umri qisqaligini hayotning ozi korsatdi. Bizning nazarimizda, 1989 yilning 4-dekabrida SSSR va uning ittifoqchilari tomonidan qoralangan, Varshava Shartnomasi Harbiy Tashkiloti qoshinlarining 1968 yil Chexoslovakiyaga kiritilishi bilan Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarda ma’muriy-buyruqbozlik tizimining metindek mustahkamligini qaror toptirishga da’vat etilgan edi. Sotsializmning "oliy maqsadlari" bilan oqlanuvchi bu narsa teskari natija keltirdi - uning nufuziga jiddiy va halokatli zarba berdiki, yigirma yildan song sodir bolgan "Praga kuzi", goyo "Praga bahori" dan estafetani qabul qilib olayotganday boldi. Uning rahbarlaridan biri A.Dubchek yana siyosiy sahnada paydo bolib, milliy majlisning raisi boldi. GDRning ba’zi bir sobik, rahbarlarining fikricha, respublikada ozgarishlar jarayonini 1983-84 yillarda boshlash bilan mamlakatdagi normal holatni saqlab qolish mumkin edi. Bunday bolmagailigining sababi, Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarning rahbarlari mavjud vaziyatga togri baho bera olmadilar, tarixiy jarayonlar pallasi yetilib kelganligini va zoravonlik siyosati bilan eski boshqarish sistemasini saqlab qolish mumkin emasligini anglab yetmadilar. Tarix oz ishini qildi, rahbarlarning ba’zi birlarining taqdiri fojiali kechdi, ba’zi birlariniki qamoq va ta’qib ostida boldi. Natijada sotsialistik jamiyat qurish uchun qilingan 40 yillik urinishlar ostin-ustun bolib ketdi. Shunisi xarakterliki, qabul qilingan barcha deklaratsiya va konstitutsiyalarga, xujjatlar va dasturlarga qaramay Yevropadagi sotsialistik davlatlarda tolaqonli insonparvar jamiyat qurilmagan edi. Ushbu mamlakatlarda 60-yillarning oxirlarida sotsializm asoslarini qurish togrisida gap borsa-da, biroq keyingi yillarda sotsializm qurish yolidagi harakatlar qiyinchiliklar bilan siljidi, amalda turgunlik hukm surdi. Hozirda Yevropa mamlakatlarida yuz bergan voqealar SSSRdagi qayta qurishning bevosita oqibatidir, deyuvchi keng tarqalgan fikrni tez-tez eshitish mumkin. Jilovlar yechildi, oqibatda shunday boldi deyuvchilar qattiq adashadi. Albatta, SSSRdagi qayta qurish, "Brejnev doktrinasi" dan voz kechish Yevropa regionidagi inqilobiy jarayonlarga ijobiy ta’sir korsatdi. Aniqrogi ularni tezlashtirdi. Biroq biz korsatayotgan ibratomuz ozgarishlarning chuqur ichki xarakterga ega ekanligini hamda stalincha va yangi stalincha tipdagi ijtimoiy tizimning inqirozi bilan chambarchas bogliqligini unutmaslik kerak. Sotsializmning buyruqbozlik-byurokratik modeli Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarda ijtimoiy manfaatlarda bir necha marotaba toqnash kelganligini yuqorida aytib otdik.1956 yil Vengriya voqeasining bostirilishini vengerlar hozirgi paytda kattagina miqyosdagi islohotlarni amalga oshirishga halaqit bergan "milliy fojia" deb hisoblamokdalar.SSSRda boshlangan qayta qurishni demokratik qayta qurishlarni amalga oshirishga tosiq bolib kelgan govning olib tashlanishi deb baholashimiz mumkin. Xosh, gov olib - tashlanibdi, unda nima uchun Yevropadagi sotsialistik davlatlarda ozgarishlar jarayoni 1985 yildan boshlanmadi? Buni shunday izohlash mumkin: SSSRda boshlangan qayta qurishning dastlabki yillaridagi qiyinchiliklar bilan, shuningdek, 1956, 1968, 1980 - 81 yillardagi tarixiy jarayonlarning achchik, saboqlari Yevropadagi sotsialistik davlatlarni birmuncha oylantirib qoydi. Ular agar ozgarishlar jarayonini boshlasak boshimizga yana ogir kulfatlar tushmasmikan degan xadiksirash va qurquv bilan kutib turdilar. Buning ustiga 1981 yidda boshlangan Polshadagi tarixiy jarayonning inqirozli holatda chozilib ketishi, eski hokimiyatni saqlab qolish uchun hamma vositalar ishga solinib 1981 yilning dekabrida harbiy holatning e’lon qilinishi ham qoshni sotsialistik davlatlarni birmuncha oylantirib qoygan edi. 1986 yilning noyabrida Moskvada sotsialistik davlatlar rahbarlarining uchrashuvida SSSR rahbari bundan buyon SSSR Yevropadagi sotsialistik davlatlarga nisbatan oz hukmini otkazishdan voz kechganligini, ularning ichki ishlariga bundan buyon aralashmasligini ma’lum qildi. Shunda ham ular bu aldov emasmikan degan oyda kutib turishdi. Nihoyat 1989 yilning 15 fevralida Sovet qoshinlarning Afgonistondan olib chiqilishi va shu mamlakatga qoshin kiritishning xato bolganligini sovet hukumati tomonidan tan olinishi, 1956 yil Vengriyaga, 1968 yil Chexoslovakiyaga qoshinlar kiritilishining ham bu davlatlarning ichki ishlariga zorlik bilan aralashish deb baholanishi va mazkur ishlar uchun bu davlatlardan kechirim soralishi sotsialistik hamdostlik mamlakatlaridagi hadiksirashlarga chek qoydi.Shundan keyin ozgarishlar jarayoni shiddatli kechdi. SSSRning aralashmaslik pozitsiyasida turishi bir-biriga qarshi turuvchi kuchlarning birini afsuslantirsa, ikkinchisini kurashga otlantiradi. Natijada Chexoslovakiya, Bolgariya, GDRg Polsha, Vengriya va Ruminiya davlatlarida xalq ommasining shiddatli chiqishlari byurokratik boshqarish tizimining togonini qoporib tashladi. Ruminiyada ahvol yanada fojiali kechdi, Yugoslaviyada kurashlar shu darajada keskinlashib ketdiki, uning parchalanib ketishi yetmaganday qirginbarot fuqarolar urushi uzoq yillarga chozildi. SSSRda va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarda bolgan ozgarishlar jarayoni Sharq va /arb tarixchilari orasida ham, davlat arboblari orasida ham "Sotsializm - va kommunizmning tarixiy taqdiri halokatli tugadi" degan xulosani tugdirdi. Masalan: AQShning sobiq davlat arboblaridan biri Z.Bjezinskiy ozining "Buyuk agdarilish, XX asrda kommunizmning tugilishi va olishi" degan kitobida: - "Kommunizm bugun mafkuraviy jihatdan ham, sifat jihatdan ham umumiy inqiroz holatidadir" - deb yozgan edi. Professor Z.Bjezinskiy SSSRga alohida e’tibor berib: "20-yillarda dunyo davlatlari SSSRdagi kommunistik qurilish tajribasini biron-bir natija beradi deb kutgandilar. Bu taxmin ayniqsa 2-chi jahon urushidan keyin 60-yillargacha ishonch qozonib kelajak takdiri kommunizm bilan bogliq boladi deyishga asos bolgan edi. Biroq keyingi yillarda SSSR kishilarni va davlatlarni oziga jalb qilmaydigan, xalq xojaligi turgunlikka yuz tutgan davlatga aylanib qoldiki, bu kommunistik jamiyatning kelajagi yoqligini korsatadi" degan edi.Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarda yuz bergan ozgarishlar jarayoni tarixga zoravonlik hukmini otkazishga urinishning yaroqsizligini, kuch ishlatish va gegemonlik yoli bilan siyosat yuritishning ogir oqibatlar bilan tutashligini korsatdi. Kopgina partiyalar va siyosiy kuchlar shunday yol tutishlari oqibatida tarix maydonidan maglub bolib chiqib ketdilar. Biroq, shuni aytish lozimki, jamiyatning mazmunini va partiyalarning yaxshi yoki yomonligini ularning qanday nom bilan atalishi belgilamaydi, aksincha, amalga oshirilgan ishlarning kolami va xalqparvarligi belgilaydi. Shu nuqtai nazardan oladigan bolsak, jamiyatning sotsializm deb siyosiy yetakchi kuchlarning kompartiyalar deb nomlanishini qoralash unchalik togri emas. Faqat shunisi achinarliki, ozlarini xalq manfaati uchun xizmat qiluvchi, uning dardi va gami bilan yonuvchi kishilar qilib korsatgan rahbar kommunistlargina aybdordirlar. Kommunistik partiya ham sotsializm jamiyati ham shuning uchun kishilar nazarida yomon korinib qoldiki, yuqoridagi chinovnik-byurokratlar barcha qilgiliklarini sotsializm va kommunistik partiya nomidan qildilar. 1989 yilning oxiridagi anketa sorovlarning natijasi shuni korsatdiki, Chexoslovakiyadagi oddiy kishilarning kopchiligi "Hokimiyat tepasida kommunistlar turadimi, demokratlar turadimi bizga baribir. Eng muhimi kishilarning yaxshi yashashi va mehnat qilishi uchun sharoit yaratib berilsa boldi, shunisi achinarliki, bizni uzoq yillar davomida kaltafahmlar boshqarib qeldi" deyishdi.Yevropadagi sobiq sotsialistik davlatlarda bolgan ozgarishlar jarayonidan keyin koplab partiyalar siyosiy maydonga keldi. Bolib otgan demokratik parlament saylovlarida ular ishtirok etsalarda, bu partiyalarning qaysilari qancha vaqt yashab turishi mumkiiligi togrisida biron narsa deyish qiyin boldi. Parlament saylovlaridan keyin hokimiyatga ong sentristlar bloki chiqib oldi, ba’zi bir mamlakatlarda hal qiluvchi rolni sinfiy partiyalar emas, balki yangidan tuzilgan Polshadagi "Birdamlik" formasidagi xalq harakatlari oynadilar. Xususan, Slovakiyada "Zoravonlikka qarshi jamoatchilik harakati", Bolgariyada "Demokratik kuchlar ittifoqi" va hokazo. Bir qancha hukmron partiyalar Polsha BIPni hisobga olmaganda, jumladan VSIP, GBSP, RKP, YUKP va CHKP qayta qurishning dastlabki davridayoq oz faoliyatlarini toxtatdilar. Shuni ham aytib otish kerakki, 1989 yildan boshlangan ozgarishlar jarayoni forma jihatidan Yevropa qit’asida "orqaga qaytish" protsessini boshlab berdi. Varshava Shartnomasi mudofaa tashkiloti oz faoliyatini toxtatdi. Ozaro Iqtisodiy Yordam Kengashi tugab ketdi, GDR GFR bilan qoshilib, yagona Germaniya davlati tashkil topdi. Chexoslovakiya Chexiya va Slovakiya davlatlariga, Yugoslaviya bir qancha mustaqil davlatlarga bolinib ketdi. SSSR qurolli kuchlari Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlaridan olib chiqib ketildi. Rossiyaning songgi qoshinlari ham Germaniya davlati hududidan 1994 yilning oxirida olib chiqib ketildi. Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sobiq sotsialistik davlatlarda ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda nishonlanib kelingan bayram kunlari ham ozgartirildi. Masalan; Bolgariyada 9 sentabr 1944 yil frontining tuzilishi kuni orniga 3 mart – 1878 yil San Stefano bitimi imzolanishi kuni; Ruminiyada 23 avgust 1944 yil Antonesku diktaturasining agdarilgan kuni orniga 1 dekabr - 1918 yil Ruminiyaga Transilvaniyaning qoshilgan kuni; Chexoslovakiyada 9 may 1945 yil Chexoslovakiyaning ozod qilingan kuni orniga 28 oktabr 1918 yil Chexoslovakiyaning mustaqilligi e’lon qilingan kuni; Polshada 22 iyul 1944 yil Polsha millatini ozod qilish komiteti e’lon qilingan kuni orniga 11 noyabr - 1918 yil Polshaning mustaqilligi e’lon qilingan kuni; Vengriyada 4 aprel’ 1945 yil fashizmdan ozod qilingan kun orniga 23 oktabr 1956 yil Budapesht qozgoloni boshlangan kuni milliy bayram kunlari sifatida nishonlanadigan boldi.



                                     

3. Tanqid

Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamoman ajratiladi. Oqibatda inson oz individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U "omma" ga aylanib, oz "meni" ni yoqotadi. Jamiyatda zoravonlik, tobelik kuchayadi.

                                     

Beranje Per Jan

Beranje Per Jan - fransuz shoiri. Avval klassitsizm uslubida, keyinchalik xalq qoshiqlari yolida ijod etgan. "Axloqiy qoshiqlar", "Qoshiqlar", "Nashr etilmagan qoshiqlar" she’riy toplamlari bor. Napoleon tuzumini hajv ostiga olgan. 1821 va 1828 ylarda din va jamiyat axloqini tahqirlashda, shuningdek kirolni mazax kilgani uchun ayblanib hibsga olingan. Xayoliy sotsializm goyasiga qoshilgan. She’rlari ozbek tilida e’lon qilingan.