ⓘ Surxon-sherobod vodiysi - Orta Osiyoning janubidagi tog oraligi vodiysi. Asosan, Ozbekistonda, shimoliy sharqiy qismigina Tojikistonga qaraydi. Hududining chekk ..

                                     

ⓘ Surxon-Sherobod vodiysi

Surxon-sherobod vodiysi - Orta Osiyoning janubidagi tog oraligi vodiysi. Asosan, Ozbekistonda, shimoliy sharqiy qismigina Tojikistonga qaraydi. Hududining chekka qismlari baland toglar bilan oralgan, orta qismi shimolidan janubi-ga nishab tekislik.

Vodiy tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan. Alp tog hosil bolishi jarayonida neogen va tortlamchi davr qadimgi geologik dengiz ornida ulkan tog tizmalari va tog oraligi vodiylari paydo bolgan. Toglardan oqib tushgan daryolar ozanlarini tobora kengaytirib va chuqurlashtirib borishi natijasida turli geologik davrlarga mansub tub jinslari ochila borgan, chokmalar esa akkumulyativ jinslar bilan tuldirilgan. Vodiyning hozirgi morfologik tuzilishida Yerning ichki endogen kuchlari bilan birga tashqi kuchlar - oqar suv, shamol, nurash va h.k.ning tasiri ham katta bolgan.

Vodiy mustaqil 2 dare vodiysi - Surxon va Sherobod vodiylaridan tashkil topgan. Har ikkala vodiy meridianal yonalishga ega. Surxon vodiysi birbiriga teng Qoratog va Topolon vodiylari bilan boshlanadi. Hisor tizmasi muzliklaridan bal. 4000 m chamasi boshlanadigan bu vodiylarning uz. 100 km dan ortadi. Vodiylar boshlanishida tor bolib, tekislikka tomon kengaya boradi. Ular Krratog va Sarijoy qishloklaridan keyin keng tekisliklar boylab davom etib, Oqostona qishlogi yonida mutlaq balandligi 5556 m ozaro tutashadi va Surxon vodiysi nomini oladi.

Jan., janubigarbiy yonalishda 196 km ga chozilgan Surxon vodiysi Termiz sh. yaqinida mutlaq balandligi 302 m Amudaryo vodiysiga tutashib ketadi. Surxon vodiysida birbiridan yaqqol ajralib turadigan 4 tagacha allyuvial terrasa kohna qayir bor.

Sherobod vodiysi Chakchar va Boysun toglari tarmoqlarining tugunidan mutlaq balandligi 3700 m boshlanadi. Archa ormonlari bilan qoplangan toglar orasvdan Quyi Mochay kishlogigacha janubi-garbiy yonalishda davom etadi. Sherobod vodiysi quyi tomon kengayib, avval Boysun toglarini, songra Sherobod Sariqamish qator tepalarini kesib otadi. Toglar orasida 175 km ga chozilgan bu vodiy Sherobod sh. yaqinida mutlaq balandligi 444 m keng tekislikka aylanadi va yana 40 km ga davom etadi.

S Surxon-Sherobod vodiysining tekislik qismi qariyb 200 km bolib, shimolidan janubi-ga tomon pasayib va kengayib boradi. Vodiyning nishabi orta qismida 1 km da 1 m, yuqori va quyi qismlarida kamroq. Vodiyning tekislik qismi ekin maydonlariga aylantirilgan.

S.Surxon-Sherobod vodiysi oziga xos geografik orni, relyefi va iqiimi bilan orta Osiyoning boshqa geografik rayonlaridan birmuncha farq qiladi.

Iqlimi kontinental subtropik: qishi qisqa va iliq, yozi uzoq, issiq. Relyefining xilmaxilligi temperatura rejimi va yoginlar taqsimotiga keskin tasir korsatadi. Vodiyning eng issiq rayonlari uning janubiy qismlarida. Yillik ortacha temperatura Sherobodda 18°, Termizda 17.4°. Ozbekistondagi eng yuqori temperatura ham shu yerda Termizda 49.5° qayd qilingan. Vodiyda yuqoriga tomon havo temperaturasi orta boradi: yillik ortacha temperatura Denovda 15.6°, Boysunning togli qismida 14.5°. Mutlaq balandlik 1200 m dan past joylarda yanvar

ning ortacha temperaturasi 0° dan yuqori. Issiq kunlar S.Surxon-Sherobod vodiysida erta kelib uzoq davom etadi. Iyul oyining ortacha temperaturasi tekislik qismida 28 - 32°, mutlaq balandligi 2500 m dan yuqori togli qismlarida bu davrda ortacha temperatura 17 - 18° dan pasaymaydi. Yoginning yil davomidagi taqsimlanishi relyefga, shuningdek, nam havo massalarining yonalishiga qarab turlicha. Yillik ortacha yogin vodiyning quyi qismida 130–150 mm bolsa, Denovda 360 mm, Boysunda 445 mm, Sangardakda 790 mm.

SSH.v.ni toglardan boshlanadigan dare va soylar suv bilan taminlaydi. Yirik daryolari: Surxondaryo va Sheroboddaryo. Daryolarning asosiy suv sarfi martiyun oylariga 60% dan ortiq togri keladi. Daryolar suv sarfini tartibga solish maqsadida Janubiy Surxon, Uchqizil, Degrez suv omborlari barpo qilingan.

Katta zaxiralarga ega bolgan yer osti suvlari ham muhim suv manbalaridir. Hozirgi vaqtda artezian suvlari va koriz quduqlari suvidan qisman qishloqlarni toza suv bilan taminlashda, ekin maydonlari va chorva mollarini sugorishda foydalanilmoqda.

S.Surxon-Sherobod vodiysining togli va togoldi zonalari suv bilan yetarli miqdorda taminlangan. Biroq keng tekislik qismida suv tanqisligi kuzatiladi. Vodiyning tabiiy geografik sharoitidagi farqlar, uning tuproqlari, hayvonot va osimlik dunyosining geografik tarqalishida ham aks etgan. Vodiyning tekislik qismida pastdan yuqoriga tomon taqirsimon, tipik boz tuproqlar hamda qumoq, shorxok tuproq tiplari birbiri bilan orin almashinib boradi. Yogin kam tushadigan bunday yerlarda yantoq, shuvoq, shora, burgan, yulgun, turli xil efemeroid osimliklar keng tarqalgan.

Allyuvial botqoq tuproqli daryo terrasalari va keng qayirlar, asosan, qamish, qiyoq, qoga, ajriq, miya kabi otlar, tol, turangil, jiyda, patta, yulgun kabi daraxtbutadan tashkil topgan toqaylar, changalzorlar bilan band. Asosan, tipik boz tuproqlar keng tarqalgan adir va tog oldi zonasida mutlaq balandligi 500–1200 m nixatak, qashqarbeda, betaga, qozigul, lolaqizgaldoq, ismaloq, qongirbosh, chalov, namatak kabi turli efemeroid ot va butasimon osimliklar osadi. Togli qismida boz va jigarrang tuproq turlari keng tarqalgan. Bu tuproqdarda yovvoyi arpa, kiyikot, tog lolasi, kavrak, sernam yerlarda qamish, yulgun, butasimonlardan dolana, namatak, yovvoyi bodom, olcha, olma, yovvoyi tok kabilar aralash holda osadi. Ortacha balandlikdagi tog zonasida 1700–1300 m arpa, lista, yongoq, irgay, zaranglar katta maydonlarni egallaydi. Undan yuqorisini esa subalp, alp otloqlari egallagan.

S.Surxon-Sherobod vodiysining xayvonot dunyosi qam xilmaxil. Bori, tulki, chiyabori, qobon, quyon barcha mintaqalarga xos. Faqat tog va tog oldi zonalarida uchraydigan nodir kiyik, ayiq, borsiq kabi hayvonlarning soni tobora kamayib bormoqda. Qarga, chumchuq, chugurchiq, sofitorgay, loyxorak, ordak, bulbul, chil, kalxat, lochin, burgut kabi qushlar vodiyning hamma joyida uchraydi. Sudraluvchilardan kaltakesaklar va ilonlar, toshbaqa; kemiruvchilardan yumronqoziq, sugur, dala sichqonlari, boshqa hayvonlardan tipratikan, jayra, baliklardan sazan, zogora baliq yashaydi.

                                     
  • Qumqo rg on bor. Tuman markazi - Kumko rg on shahri Tabiati. Tuman hududi Surxon - Sherobod vodiysining markaziy qismida joylashgan, o rta qismidan shim. dan
  • qilindi. Respublikaning janubisharqida, Surxon - Sherobod vodiysida joylashgan. Viloyat nomi vohadan oqib o tuvchi Surxon fors - tojik: qizil daryosi nomidan
  • bilan ta minlangan 2001 K - d.t.ni qurish Mirzacho l, Qarshi cho li, Surxon - Sherobod dashtidagi yerlarni keng miqyosda o zlashtirish imkonini berdi. K - d
  • Janubiy Surxon suv omborlari qurilgan. S. vodiysi yondosh Sherobod vodiysi bilan qo shilib ketgan. S.ning suvi SurxonSherobod kapali va Janubiy Surxon suv
  • yozida u Hisor vodiysi va Panj daryosi atrofida qator muvaffaqiyatli qarbiy harakatlarni o tkazdi. 1925 y. yanvar da I. Surxon vohasida, Sherobod - Boysun atroflarida
  • sharoit qulay bo lgan voha va vodiylarda zich joylashgan. Mirzacho l, Surxon - Sherobod Qarshi, Markaziy Farg ona, Ellikqal a cho llarini o zlashtirish natijasida