ⓘ Tarvuz - qovoqdoshlar oilasiga mansub bir va kop yillik ot osimliklar turkumi; poliz ekini. Vatani - Afrika. Hindistonda 3 ming yildan beri ekiladi. Hindiston, ..

                                     

ⓘ Tarvuz

Tarvuz - qovoqdoshlar oilasiga mansub bir va kop yillik ot osimliklar turkumi; poliz ekini. Vatani - Afrika. Hindistonda 3 ming yildan beri ekiladi. Hindiston, Amerika, Jan. Yevropa, Xitoy, Turkiya, Eron, Yaponiya va Avstraliyada keng tarqalgan. Markaziy Osiyoda T. ekiladigan maydoni jihatidan poliz ekinlari orasida krvundan keyin 2 orinda turadi. Madaniy T.ning xoraki, xashaki turlari, yovvoyi T.ning mevasi achchiq 4 turi malum. Xoraki T.ning dunyo boyicha malum bolgan barcha navlari 10 ta ekologikgeografik guruhga bolinadi. Orta Osiyo tarvuzi alohida ekologikgeografik guruhni tashkil etadi. Palagi 4–5 m gacha boradi. Ildizi chuqur joylashgan oq ildiz, barg qoltiklaridan osib chiqqan jingalaklari yordamida ilashib, chirmashib usadi. Barg bandi uzun, barglari bir necha bolakchalardan iborat, rangi och yashil, oq va uzun tuklar bilan qoplangan. Otalik va onalik gullari alohidaalohida joylashgan. Asosan chetdan changlanadi. T. mevasining shakli yumaloq, ovalsimon, silindrsimon. Posti qalin, ortacha, yupqa, qattiq, eti yumshoq, sersuv, sershira, qumoq, bazan tolali. Etining rangi qizil, ayrim navlari malinasimon. Urugi, oq sariq, qora, qizil, kulrang. 1000 dona urugi vazni 40 - 120 g. Mevasi tarkibida 8.0 - 13.5% quruq modda, 5.8 - 11% qand, 90% dan koproq suv, turli vitaminlar va mineral tuzlar, urugida 25 - 30% moy, fitin kislotasi bor. T. issiqsevar, yorugsevar osimlik, qurgoqchilikka chidamli, urugi tuproq harorati 14 - 16° da una boshlaydi. Ekilgandan keyin 5 - 6 kunda unib chiqadi. T.ning ertapishar, ortapishar va kechpishar navlari bor. Ertapishar navlari 80 - 90, ortapisharlari 90 - 100 va kechpisharlari 110 - 120 kunda pishadi. T. yangiligida istemol qilinadi, sanoatda qayta ishlash uchun xom ashyo, xashaki T. chorvachilikda shirali ozuqa sifatida foydalaniladi. Tabobatda kamkrnlik, jigar, buyrak, yuraktomir kasalliklarini davolashda qollaniladi. Shinni, murabbolar tayyorlanadi. T. pushta kengligi 280 - 360 sm qilib olingan joyakning ikki tomoniga tup orasi 70 sm qilib 4 - 6 sm chuqurlikda ekiladi. Uyalarga 2 - 3 kun ivitilgan uruglar 3 - 4 tadan tashlanadi, chopik, paytida yagana qilib bittadan osimlik qildiriladi. Osuv davrida kator oralari 2 - 3 marta yumshatiladi. Tuproq sharoitiga qarab 6 - 8 marta suv beriladi. T. lalmikor yerlarda gam yaxshi usadi. Hosildorligi 200 - 600 s/ga. Ozbekistonda T.ning 15 dan ortiq navlari rnlashtirilib, davlat reyestriga kiritilgan. Bulardan eng kup ekiladigan navlari: Guliston, Dilnoz, Korol Kuba 92, Qoziboy, Marmar tarvuz, Manzur, Olmos, Surxon tongi, Ozbekiston, Orinboy, Xait qora va boshqa b. 2000y.lardan boshlab Gollandiya seleksiyasida chikarilgan ertapishar Krisbi, Trofi, Granit 1avlodi duragaylari ekilmoqda. Erta hosil olish uchun issikxonalarda yoki ochiq dalada plyonka ostida kochatidan ekib yetishtirish mumkin.

Zararkunandalari: orgimchakkana, poliz shirasi, shum/iya, kok qurt tunlami, oq chivin.

Kasalliklari: fuzarioz, bakterioz.

Ad: Ostonaqulov T.E., Sabzavot ekinlari biologiyasi va ostirish texnologiyasi, T., 1997; Pivovarov V.F., Aromov M.X.,Turdikulov B.X. i dr., Ovoshnie i baxchivie kulturi v Uzbekistane, M., 2001.

Rafiqjon Hakimov, Rafiqa Ganixojayeva.

                                     
  • Marmar tarvuz - o rtapishar tarvuz navi. Hozirgi O zbekiston o simlikshunoslik institutida Astraxon tarvuz navidan yakka tanlash usuli bilan yaratilgan
  • Chinni tarvuz - o rta ertapi shar mahalliy tarvuz navi. Palagi, yon shoxlari o rtacha, barglari siyrakroq, konussimon, biroz mayin tukli. Meva shakli sharsimon
  • redirect Chinni tarvuz
  • Surxon tongi - o rtapishar tarvuz navi. O zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutining Surxondaryo tayanch punktida PK87 amerika
  • tongi: Surxon tongi - SURXON TONGI - Surxondaryo viloyati hokimligining ijtimoiy - siyosiy gazetasi. Surxon tongi tarvuz - o rtapishar tarvuz navi.   
  • O ZBEKISTON - 452 - o rtacha ertapishar tarvuz navi. Butunittifoq o simlikshunoslik intining O rta Osiyo tajriba st - yasida chiqarilgan. Mevasi dumaloq
  • Bir jinsli gul - faqat urug chi yoki faqat changchili gul. Tarvuz qovoq, yong oq o simliklarining guli bunga misol bo ladi. O zME. Birinchi jild. Toshkent
  • Dilnoz - ertapishar tarvuz navi. O zbekistan sabzavot - poliz ekinlari va kartoshkachilik i. t. institutida Dnepropetrovskiy, Mramorniy va Ogonyok navlarini
  • o sadigan madaniy ekinlar guruhi. Ayrim olimlar Poliz ekinlariga faqat tarvuz kovun va qovoqnn kiritadilar chirmashib yoki yerda yotib usadi. Osiyo
  • boshqalar ko p miqdorda qand moddasi to plovchi ekinlardir. Bundan tashqari, tarvuz qovun tarkibida 14 - 16 saxaroza bor steviya o simligidan ham qand olinadi
  • Qo ziboy - kechpishar mahalliy tarvuz navi. O zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. institutida mahalliy navlardan yakka tanlash usuli