ⓘ Abel Tasman. TASMAN Abel Yanszon - gollandiyalik dengizchi sayyoh, Niderlandiyaning OstIndiya kompaniyasida xizmat qilgan. 1638 - 41 yillarda savdo kemasiga qom ..

                                     

ⓘ Abel Tasman

TASMAN Abel Yanszon - gollandiyalik dengizchi sayyoh, Niderlandiyaning OstIndiya kompaniyasida xizmat qilgan. 1638 - 41 yillarda savdo kemasiga qomondonlik qilib, Sharqiy Osiyo dengizlarida suzgan. Shim.da Yaponiyagacha suzib borib, Bonin o.ni kashf qilishda qatnashgan. Okeaniya va Avstraliyani tadqiq qilgan ekspeditsiyalarga boshchilik qilgan. T. 1ekspeditsiyaning maqsadi bolgan "nomalum jan. materik"ni izlash davomida VanDimen Yeriningjan. va sharqiy sohillarini, Yangi Zelandiyaning garbiy sohili, TriKings va Tonga o.lari, Fiji guruhidagi bazi orollarni topib xaritaga tushirgan. 2ekspeditsiya Karpentariya qoltigining jan. va garbiy sohillari, Avstraliyaning shim.garbiy qismigacha yetib bordi. Ikkala ekspeditsiya Avstraliyaning alohida quruqlik ekanligini, taxmin qilingan jan. materik bilan tutash emasligini tasdiqladi. Avstraliya bilan Yangi Zelandiya oraligidagi dengiz, orol, Yangi Zelandiyaning Janubiy o.dagi qoltiq, muzlik va boshqa geografik obyektlar T. nomi bilan atalgan.

                                     
  • Turkum: 6 - fevral voqealari 1191 - Kliment III Tevton ordenini ta sis etdi. 1643 - Abel Tasman Fiji orolini tasvirda kashf etdi. 1936 - Adolf Hitler Qishki Olimpiada