ⓘ Tezavratsiya, oltin tezavratsiyasi - 1 aholining pulga narsalar sotib olmay, uni muomalada ishlatmaslik yoli bilan jamarishi; 2 xususiy shaxslar tomonidan oltin ..

                                     

ⓘ Tezavratsiya

Tezavratsiya, oltin tezavratsiyasi - 1) aholining pulga narsalar sotib olmay, uni muomalada ishlatmaslik yoli bilan jam/arishi; 2) xususiy shaxslar tomonidan oltinni boylik, xazina tarzida tuplashi; 3) mamlakatning oltin zaxirasini barpo etish. TEZAURUS - 1) muayyan tildagi barcha sozlarni qamrab oladigan, ularning matnda qollanish holatlarini tolatokis aks ettiradigan lugat. Jonli tilning lugat tarkibi doimo ozgarib turishi sababli T. faqat olik tillar materiallari asosida yoki oldindan belgilab olingan yozma yedgorliklar uchun tuzilishi mumkin. Muayyan yozuv yodgorliklaridan leksikani yoppasiga terib olishga asoslangan lugatlar shunday lugatlardan hisoblanadi. Turkiyshunoslikda A.K.Borovkov, E.I.Fozilov, A.Najiblarning 13 - 14-asrlar turkiy yozma yedgorliklari asosida tuzilgan lugatlari ham glossariy, ham T. belgilariga ega. Soz tanlash prinsipiga kora yozuvchilar yoki ular ijodiga mansub ayrim asar tili boyicha tuzilgan lugatlar ham T. hisoblanadi; 2) bironbir ilmfan sohasiga oid lugaviy birlik lar mavzu tartibida joylashtirilgan va ana shu birliklar ortasidagi semantik munosabatlar aks ettirilgan ideografik lugat. Bunda sozlar alifbo tartibida emas, balki bir mavzu, bir tushunchaga aloqador sozlarning barchasi bir joyda beriladi: kerakli sozlar tushunchaga qarab qidiriladi. Nazariy jihatdan T. leksika semantik tizimining ehtimoliy modellaridan biridir. Amadda undan yozuvchi individual lugatini boyitish vositasi sifatida foydalaniladi.