ⓘ Tezoqar - suvning oqimini kanalning balandlikda joylashgan qismidan pastroq qismiga katta tezlikda otkazadigan qisqa kanal yoki nov shaklidagi gidrotexnika insh ..

                                     

ⓘ Tezoqar

Tezoqar - suvning oqimini kanalning balandlikda joylashgan qismidan pastroq qismiga katta tezlikda otkazadigan qisqa kanal yoki nov shaklidagi gidrotexnika inshooti. T. beton, temirbeton, xarsang tosh kabi mustahkam qurilish materiallaridan quriladi. T.ning hajmi, nishabi qollanilayotgan material dosh berishi mumkin bolgan eng katta oqim tezligi hisobga olingan holda belgilanadi. T.ning suv sarfi bir necha m³/s dan yuzlab m³/s gacha bolishi mumkin. Oqim tezligini kamaytirish uchun T. tubida, bazan esa yon devorlarida kvadrat yoki togri burchakli kesimdan iborat qovurga shaklidagi gadirbudirlar hosil qilinadi. Bular odatda T. qurilgan materiallardan yasaladi.

T. boshlanish qismi ponur; tezoqar nov shovva, sondirgich suv qurilma qism energiyani sondirgich va novni kuyi kanal bilan tutashtiruvchi chiqargich qismlardan iborat boladi. T.ning bosh qismi yuqoridagi kanalni nov bilan ravon boglaydi; novning kondalang kesimi togri tortburchak yoki trapetsiya shaklida, eni ozgaruvchan yoki doimiy boladi. Ozgaruvchan enli T.da oqim eni shovva torayadi yoki kengayadi. Orta Osiyodagi sugorish sistemalarida shovvaning yuqori qismi keng, pastki qismi tor bolgan yangi konstruksiyadagi T. qurilgan. Bu esa suvning novda ravon yoyilib oqishini va inshootlarning mustahkam va uzoq mudsat ishlanishi taminlaydi qarang Sharshara. Ziyomiddin Artukmetov.