ⓘ Teylorizm - ishlab chiqarishni boshqarish, mehnatni tashkil etish va moddiy ragbatlantirish hamda biznes samaradorligi nazariyasi; amerika menejment nazariyasin ..

                                     

ⓘ Teylorizm

Teylorizm - ishlab chiqarishni boshqarish, mehnatni tashkil etish va moddiy ragbatlantirish hamda biznes samaradorligi nazariyasi; amerika menejment nazariyasining bir yonalishi. 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida AQSH muhandisi va olimi F.U. Teylor tomonidan ishlab chiqilgan. Teylor mehnatni ratsional tashkil etish qonuniyatlariga asoslangan qatiy ilmiy bilimlar tizimini taklif etdi. Uning tashkiliy unsurlari: tannarxni hisoblashning matematik usuli; mehnatga haq tolashning tabaqalashgan tizimi; vaqtni va mehnat harakatlarini organish usuli ; mehnat jarayonini qismlarga bolish va ratsionalizatsiyalash; funksinal mamuriyat; instruksion kartochkalar va boshqa. Teylorning fikricha, ishlab chiqarish.ning samaradorligini oshirishga faqatgina mehnat jarayonini, usullarini, asboblarini standart lashtirib erishish mumkin. Ishchilar oz vazifalarini mutlaqo mexanik tarzda bajarishlari lozim, ishlab chiqarish. boshqaruvi esa yetarli bilim va malakaga ega bolgan tashabbuskor mamuriyat tomonidan amalga oshirilishi kerak. Teylor moddiy manfaatdorlik tamoyilini oz nazariyasiga asos qilib oldi, yani ish haqi yordamida ishchi mehnatini maksimal ravishda intensivlashtirish mumkin, degan fikrni olga surdi. Teylor ijtimoiyfalsafiy konsepsiyasining markaziy tamoyiliga kora ish haqi oxiroqibat ishchining ishlab chiqarish.ga qoshgan hissasiga moye bolishi hamda ishlab chiqarish.ni kengaytirishga olib kelishi lozim. Oz konsepsiyasini ishlab chiqarish.da Teylor tadqiqot otkazishning aniq usullari - intervyu, anketa, kuzatish usullaridan foydalandi.

Teylorizm asosida 4 ta ilmiy tamoyil boshqaruv qonunlari yotadi: eski, ota amaliy ish uslubini, mehnat faoliyatining har bir alohida turini ilmiy boshqaruv uslubiga almashtirish; ishchi va menejerlarni ilmiy mezonlar asosida professional tanlash; mehnat jarayonini ilmiy tashkil etish masalalari boyicha mamuriyatning ishchilar bilan hamkorligi; ishchilar va menejerlar ortasida masuliyatning tekis va adolatli taqsimlanishi.

T. tamoyillari dastlab AQShda, songra Buyuk Britaniyada mehnatni tashkil etish tarzida amaliyotga joriy qilingan. T. keyinchalik amerikacha menejment falsafasining asosiy manbalaridan biriga aylandi.

                                     

1. Adabiyot

  • Teylor F.U., Nauchnaya organizatsiya truda, 2 izd., M., 1925; Uoll N., Markuze Ya.,Laynz D., Martin B., Ekonomika i biznes, per. s angl. M., 1999.

Farhod Akbarov.