ⓘ Televizion sanat - borliq ni televideniye orqali tasvirlovchi sanat turi. Televizion sanat badiiy televideniye ahamiyatini bildiruvchi atama sifatida qollanilad ..

                                     

ⓘ Televizion sanat

Televizion sanat - borliq ni televideniye orqali tasvirlovchi sanat turi. Televizion sanat "badiiy televideniye" ahamiyatini bildiruvchi atama sifatida qollaniladi. Sanatning boshqa turlari bilan toqnash holda yuzaga kelgan. Televizion sanat nafakat ularning asosiy tasviriy ifoda vositalarini meros qilib oldi, balki tasvirlanayotgan voqeaga maksimal yaqinlashuv, mahsulotlarni montaj qilish, boshlovchi yoki telekorsatuv qatnashchilarining tomoshabinlarga murojaati, shuningdek, tomoshalarni davriy yoki seriallarga bolib korsatishdek oziga xos sanat yaratdi. Televizion korsatuvlarda malum goya va maqsad kozda tutiladi. Bu goyani muayyan voqeahodisa zamirida amalga oshirish uslubiga qarab 2 yirik turga: informatsion va badiiy televideniyega ajratiladi. Informatsion televideniyedagi turkum korsatuvlarda voqelik hech bir ortiqcha boyoqsiz, tomoshabinga asl xrlida yetkaziladi. Badiiy televideniyening mahsulotlari esa badiiy sanat va yuksak estetik talablarga javob beroladigan, voqelikni nafis sanat vositalari, obrazlar orqali ifoda etuvchi televizion drama va korsatuvlarga asoslanadi.

Sabohat Hayitmatova, Feruza Fayziyeva.