ⓘ Termokimyo - kimyoviy termodinamikaning bir bolimi. Kimyoviy reaksiyalar jarayonida issiklik effektini olchash yoki hisoblash, moddaning agregat holati ozgarish ..

                                     

ⓘ Termokimyo

Termokimyo - kimyoviy termodinamikaning bir bolimi. Kimyoviy reaksiyalar jarayonida issiklik effektini olchash yoki hisoblash, moddaning agregat holati ozgarishi bilan bogliq fizikkimyoviy jarayonlar, suyulish, erish, suyultirish va boshqalarni tadqiq qiladi. T. fizikkimyoviy sistemalarning issiklik sigimini va ularning haroratga bogliqligini ham miqdoriy jihatdan organadi.T.da issiqlik sigimi, yonish issiqligi, entalpiya, entropiya, izobari zotermik potensial kabi kattaliklar qollanadi. Ulardan kimyotexnologiya jarayonlarining issiklik muvozanatini hisoblashda foydalaniladi. T.ning amaliy usuli - kalorimetriya. Reaksiyalarning tezligini aniqlashda moddalarning energetik xususiyatlarini bilish, shuningdek, birikmalarning tuzilishini hisobga olish muhim. Reaksiyalarning issiklik effekti yoki issiklik sigimini olchashda kalorimetriyadan foydalaniladi. Reaksiyada ajralib chiqayotgan yoki yutilayotgan issiklik miqdori ifodalangan kimyoviy tenglamalar termokimyoviy tenglamalar deyiladi. T.da gomogen va geterogen sistemalar malum bolib, bular bitta yoki bir necha fazalardan tashkil topadi. Gomogen sistemata azot bilan kislorod gazlari aralashmasi, geterogen sistemata. esa suv bilan muzning aralashmasi yoki havo dagi kumir va oltingugurt zarralarining aralashmasi misol bola oladi. Songgi sistema 3 fazadan - 2 ta qattiq va 1 ta gaz fazasidan iborat.

T. ga G. I. Gess asos solgan. U 1840 y. termokimyoviy hisoblarga asoslangan prinsipni elon qiladi, keyinroq mazkur prinsip Gess konuni nomini oladi. Bazi reaksiyalarning issiklik effektini togridantogri olchash imkoni yoqligi yoki qiyinligi tufayli ularni Gess qonuni yordamida aniklanadi.

T. 20-asrning 2yarmida kvant kimyosi, zanjir va yadro reaksiyalari tasavvurlari bilan boyidi, reaksiyalar issiklik effekti mutlaq nolga yaqin haroratlardan bir necha ming darajaga bolgan oraliqlarda olchanilishiga erishildi. Biologik jarayonlar radiokimyoviy hodisalar, kosmik va yulduzlararo masofalardagi reaksiyalardan olingan malumotlar T.ning rivojlanishiga olib keldi. T. krnuniyatlari texnologik jarayonlarning issiklik muvozanatini hisoblashda qullanib, kimyo sanoatida maqbul sharoitlarni aniqlashga yordam beradi.

                                     

1. Adabiyot

  • Dikerson R., Grey G., Xeyt Dj., Osnovnie zakono ximii, t. 1 i 2, M., 1982; Karapetyans M. X., Drakin S. I., Obhaya i neorganicheskaya ximiya, M., 2000.

Qydpat Axmerov.