ⓘ Termometr - trani olchash uchun moljallangan asbob. Ishi moddalarning kengayishi, elektr qarshiligi, gaz bosimi va boshqalarning traga boglikligiga asoslangan. ..

                                     

ⓘ Termometr

Termometr - trani olchash uchun moljallangan asbob. Ishi moddalarning kengayishi, elektr qarshiligi, gaz bosimi va boshqalarning traga boglikligiga asoslangan. T.ning suyuklikli, gazli va qarshilikli turlari bor. Ulardan eng soddasi suyuklikli T., asosan, rezervuar, naycha va shkaladan iborat. Rezervuar suyuklik, mas., simob bilan toldirilgan boladi. temperatura ortishi bilan rezervuardagi simob kengaya boradi va unga ulangan naycha ichida simob kotariladi. temperatura kancha yuqori bolsa, simob shuncha kengayadi va naycha boylab u shuncha yuqori kotariladi. Mac, - 35° dan Q750° gacha trani olchashda simob bilan toldirilgan T.lar ishlatiladi. Turmushda, tibbiyot va meteorologiyada suyuklikli T. qollaniladi.

Fan va texnikada - 269° dan Q1063° gacha trani olchashda gazli T. qollaniladi. Bu T. gaz past tralarda geliy, yuqori tralarda esa azot bilan toldirilgan idish, simobli aniq manometr va ularni ulovchi kapillyardan iborat.

Bunda temperatura gazning hajmi yoki bosimi ozgarishi orqali aniqlanadi. Sanoatda - 60° dan Q550° gacha trani olchashda kopincha manometrik T.dan foydalaniladi. Bu T. gaz azot, but xlorli etil yoki suyuklik simob bilan toldirilgan ballon hamda kapillyar va prujinali manometrdan iborat germetik tizimdan iborat. temperatura ozgarishi bilan tizimdagi bosim ozgaradi, prujina deformatsiyalanadi, natijada mil shkala boylab harakatlanadi. Elektr qarshiligining traga bogliqligiga asoslangan karshilik T.lari va termoelektr yurituvchi kuchning traga boglikdigiga asoslangan termoparalar ham fan va texnikada keng qollaniladi. Bunday Tlar yordamida - 200° dan Q500° gacha trani olchash mumkin.