ⓘ Termometriya - amaliy fizika va metrologiyaning bir bolimi; trani olchash usullari va vositalarini oz ichiga oladi. T.da amalga oshiriladigan olchashlar, asosan ..

                                     

ⓘ Termometriya

Termometriya - amaliy fizika va metrologiyaning bir bolimi; trani olchash usullari va vositalarini oz ichiga oladi. T.da amalga oshiriladigan olchashlar, asosan, Xalqaro amaliy temperatura shkalasiga asoslanadi. T. olchanayotgan temperatura diapazoni, olchash aniqligi va sharoitiga qarab temperatura olchashning yangi usullarini organadi; temperatura shkalalarini aniqlash, etalon va namunaviy olchov asboblari, temperatura olchaydigan barcha asboblarni tekshirish uning vazifasiga kiradi. temperatura olchash usullari qollanilayotgan asboblarning ishlash prinsipi, olchanayotgan temperatura diapazoni, olchash sharoitiga va kerakli aniklikka bogliq. Ular 2 guruh: kontakt usuli - termometriyaga va kontaktsiz usul - nurlanish T.si yoki pirometriyaga bolinadi. Kontakt usuli asosida muhit trasini olchaydigan asbob shu muhit bilan traviy muvozanatda, yani muhit bilan bir xil trada bolishi kerak. temperatura olchaydigan barcha asboblar, asosan, sezgirlik elementi va u bilan bogliq bolgan olchash asbobidan iborat. temperatura olchashda yagonalik va aniklikni taminlash uchun temperatura birligining Davlat etaloni kelvindan foydalaniladi. temperatura qiymatlarini temperatura etaloni bilan solishtirib, namunaviy asboblarga beriladi va ularga qarab temperatura olchaydigan ishlash asboblari darajalanadi va tekshiriladi.