ⓘ Terrorizm - siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoqotish yoki qorqitish, aholi ortasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoravonlik harakat ..

                                     

ⓘ Terrorizm

Terrorizm - siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoqotish yoki qorqitish, aholi ortasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoravonlik harakatlari. Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm toifalarga bolinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qollanadi. Terrorizm orta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin otgan asrning oxirlaridan uning yangi korinishlari vujudga keldi. Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boldi. Kop hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi.

                                     

1.1. Terrorizmga qarshi kurash Ozbekistonda

Ozbekiston Respublikasida "Terrorizmga qarshi kurash togrisida" maxsus qonun qabul qilindi 2000 y. 15 dek. Ushbu qonunda terrorizm - siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogligiga xavf tugdiruvchi, mol-mulk va boshqa obyektlarning yoq qilinishi shikastlantirilishi xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni kozlab igvogarliklar qilishga, aholini qorqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, Ozbekiston Respublikasining JKda javobgarlik nazarda tutilgan zorlik, zorlik ishlatish bilan qorqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar deb tariflanadi. Qonunda davlat organlarining Terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka qarshi operatsiyaning otkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab berilgan. Ozbekiston Respublikasining JKga kora, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag-vositalar va resurslar berish yoki yigishga, boshqa xismatlar korsatishga qaratilgan harakat 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik harakati odam olishiga, boshqa ogir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bolsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki mamlakatdan chiqarib yuborish jazosi belgilanadi.

Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol komaklashgan bolsa, basharti bu shaxsning xarakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bolmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.

                                     

2. Adabiyot

  • Karimov I. A., Ozbekiston XXI asr bosagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, Terrorizm, 1997;
  • Karimov I. A., Terrorizm xavfi togrisida, Terrorizm, 2001; Karimov I., Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi oz kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bogliq. Terrorizm, 2004;
  • Rajabova M, Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash muammolari, Terrorizm, 2003.