ⓘ Texas ildiz chirishi, ozonioz - osimlik kasalligi, tuproq zamburugi Ozonium omnivorum Shear. dan paydo boladi. Bu kasallik tashqi karantin obyekti. Madaniy osim ..

                                     

ⓘ Texas ildiz chirishi

Texas ildiz chirishi, ozonioz - osimlik kasalligi, tuproq zamburugi Ozonium omnivorum Shear. dan paydo boladi. Bu kasallik tashqi karantin obyekti. Madaniy osimliklarning 2000 ga yaqin turi, jumladan, gozada ham uchraydi. Shonalash davrida osimlikning ildiz sistemasi va poyasining tuproqdan 2 - 3 sm yuqori qismi kasallanadi. Osimlikning solishi uchidan boshlanadi va pastdagi barglarga tez otadi, barglar qorayib, mort bolib qoladi, ildizi qizgishsariq doglar bilan qoplanadi, postlogi yogochdan oson kochadi, chunki zamburug osimlik toqimasi ga va tomirlariga kiradi. Zamburug ildiz sirtida konidiya va sklerotsiy hosil qilib rivojlanadi; issiq nam sharoitda qurib qolgan osimlik tupi atrofidagi tuproq yuzasida mayda oq tolasimon gubor korinishida konidiyabandlar rivojlanadi. Ularda tezda Texas tabiati manzarasi. spora konidiyalar hosil boladi. Zamburug zararlangan uruglik va mitseyliy yoki sklerotsiy kurinishda osimlik ildiziga yopishgan tuproq bilan birga tarqaladi. Sklerotsiylar tuprokda kamida 12 yilgacha yashovchanligini saklaydi.

Kurash choralari: karantin, chetdan keltirilgan uruglikni fitopatologik tekshirish.