ⓘ Texnik diagnostika - mashinalar, qurilmalar, texnik tizimlar, ularning qismlari, elementlari va boshqalarda nuqsonlar va buzilishlar mavjudligini ifodalovchi al ..

                                     

ⓘ Texnik diagnostika

Texnik diagnostika - mashinalar, qurilmalar, texnik tizimlar, ularning qismlari, elementlari va boshqalarda nuqsonlar va buzilishlar mavjudligini ifodalovchi alomatlarni aniqlash va urganish. Mashinalar, qurilmalar va texnik tizimlarning risoladagi ish maromlari yoki holatlaridan muayyan darajadagi ogishlarni oldindan bilish, oldini olish va bartaraf qilish maqsadida otkaziladi. Texnik diagnostika nazorat qilinayotgan obyekt ni tashqi kozdan kechirish, maxsus diagnostika apparatlari yoki diagnostika dasturlaridan foydalanish yoli bilan amalga oshiriladi. Harakatlanuvchi obyektlar maxsus ustaxonalar yoki tamirlash korxonalaridagi diagnostika punktlarida, muqim obyektlar turgan joyida Texnik diagnostikadan otkaziladi. Nazorat qilinayotgan obyekt va uni tekshirish vositalari birgalikda diagnostika tizimini tashkil qiladi. Ular ozaro tasirlashib, diagnostika algoritmini amalga oshiradi. Natijada obyektning texnik holati togrisidagi xulosa tuziladi. Texnik diagnostikani amalga oshirish uchun obyektning matematik modeli ni tuzib olish usulidan ham foydalanish mumkin. Mas., shovqin bilan yoki titrab ishlovchi obyektlarni tekshirishda shovqin yoki titrash egri chiziqlari, mikroelektron texnologiya yoki payvandlash jarayonida obyektlarni rentgen nurlarida tasvirlash model vazifasini otashi mumkin.

Diagnostika vositalarini apparatli, dasturli va dasturapparatli turlarga bolish mumkin. Hozir Texnik diagnostikaning kompyuterli va raqamli vositalaridan keng foydalaniladi. Texnik diagnostika texnik obyektlarning ishonchliligini taminlash va risoladagidek tutib turishda juda muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Uslubiy jihatdan Texnik diagnostikaning tibbiy diagnostika bilan umumiy tomonlari mavjud qarang Diagnostika, Diagnostika vositalari.