ⓘ Texnik shartlar - sanoat korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulot uchun tuziladigan texnik hujjatlar toplamiga kiruvchi hujjat. Unda osha mahsulotga qoyiladigan ..

                                     

ⓘ Texnik shartlar

Texnik shartlar - sanoat korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulot uchun tuziladigan texnik hujjatlar toplamiga kiruvchi hujjat. Unda osha mahsulotga qoyiladigan texnik talablar, uni qabul qilish va jonatish qoidalari, nazorat qilish usullari, tashish, foydalanish va saqlash shartlari korsatiladi. Texnik talablar mahsulotning asosiy korsatkichlari, olchamlari, xossalari va foydalanish tafeilotlari, sifat korsatkichlari, butliligi va boshqalarni belgilaydi. Qabul qilish va jonatish qoidalar i da maxsulotni tayyorlagan korxona uni buyurtmachiga topshirishi va buyurtmachi ning uni qabul qilib olishi paytida mahsulotni sinash tartibi va shartlari oz aksini topadi. Nazorat qilish bolimida mahsulotning barcha korsatkichlari va tafeilotlarini aniqlash usullari; namunalarni tanlab olish, sinash jihozlari, asboblari, ashyolari va reaktivlarni tanlash qoidalari; sinovlar, analiz qilish, olchash va natijalarni ishlashga tayerlanish va ularni bajarish uslubiyati belgilab qoyiladi. Mahsulotdan foydalanish, uni tashish va saqlash bolimida maxsulotni yigish, ornatish va qollashga doyr korsatmalar, uni idishga joylash va tashish kridalari; saqlash joyi, shartlari va muddatiga doyr korsatmalar boladi. Texnik shartlarning alohida mahsulot yoki bir necha turdagi mahsulot ga doyr turlari boladi. Texnik shartlar muayyan standartlar boyicha ishlab chiqiladi. Texnik shartlarlar maxsulotni ishlab chiqargan korxonada tuziladi. Ozbekistonda Texnik shartlarni nazorat qilishga doyr masalalar bilan "Ozstandart" agentligi shugullanadi.