ⓘ Texnologik xarita - ayrim turdagi qishloq xojaligi. mahsulotini yetishtirish bilan bogliq texnologik ishlar mavjui. Ishlab chiqarish. resurslariga bolgan ehtiyo ..

                                     

ⓘ Texnologik xarita

Texnologik xarita - ayrim turdagi qishloq xojaligi. mahsulotini yetishtirish bilan bogliq texnologik ishlar mavjui. Ishlab chiqarish. resurslariga bolgan ehtiyojlar, ulardan foydalanish va boshka i. ch. korsatkichlari, shuningdek, belgilangan ishlab chiqarish. dasturini bajarish boyicha tashkiliyiqtisodiy tadbirlar aks etgan normativ reja hujjati. Texnologik xarita jadval shaklida bolib, unda ketma-ketlikda barcha turdagi ishlar, asosiy agrotexnik tadbirlar, mashina, mexanizm va agregatlar tarkibi, uruglik materiallar sarfi normalari, bajariladigan ishlar hajmi, baholari va boshqa korsatiladi, shuningdek, mahsulot tannarxini hisoblashda qishloq xojaligi.da qabul qilingan uslubiyat boyicha xarajatlar turlari aks ettiriladi. Texnologik xarita asosida barcha mahsulotlar boyicha bevosita xarajat lar, bolinmalardagi doimiy va mavsumiy xodimlar soni, texnika, uruglik, ozuqa va boshqa moddiy resurslarga bolgan ehtiyojlar aniqlanadi. Texnologik xarita yordamida bolinmalar ishlab chiqarish. topshiriklari shakllantiriladi, zarur xarajatlar limiti hisobkitob qilinadi, mahsulotning reja tannarxi hisoblanadi, mahsulot birligiga narx belgilanadi, rejalashtirilgan ishlarni bajarilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi.

Texnologik xarita barcha ekin turlari, chorva turlari yoki turdosh ekinlar va chorva mollari guruxlari yoki ayrim ish turlari otloq va yaylovlarni yaxshilash va boshqalar boyicha tuziladi. Texnologik xaritalarni xojalik mutaxassislari xojalikdagi konkret sharoitlarni xisobga olgan holda namunaviy shakllar asosida ishlab chiqadilar. Texnologik xaritalar operativ muayyan mavsum uchun, yillik bir yil uchun va istiqbol eng ilgor progressiv texnologiya va mashinalar sistemasini ozlashtirish, mehnatni tashkil etish va unga haq tolashda yangi usullarni joriy qilish va boshqa nazarda tutiladi turlarga bolinadi. Fantexnika taraqqiyotining ilgor yutuklarini qollashni etiborga olib tuzilgan Texnologik xaritalardan texnika, texnologiyadagi yangiliklarni, ozgarishlarni kiritish bilan bir necha yil foydalanish mumkin yana q. Biznes reja.

Sultan Xolnazarov.