ⓘ Tiauanako - Shim. Boliviyadagi indeyslar shahar xarobasi va arxeologik madaniyati. T. madaniyatining markazi Titikaka kolidan jan.sharqsa joylashgan; bu yerdagi ..

                                     

ⓘ Tiauanako

Tiauanako - Shim. Boliviyadagi indeyslar shahar xarobasi va arxeologik madaniyati. T. madaniyatining markazi Titikaka kolidan jan.sharqsa joylashgan; bu yerdagi shahar xarobasi dan turar joy kvartallari, bazalt va qumtoshdan yasalgan binolar, jumladan, bal. 15 m lik Akapapa exromi, Kalasasayya ibodatxona majmuasi, mabud va u tomon chopib kelayotgan afsonaviy maxluqlar tasviri tushirilgan friz li "Quyosh Darvozasi", "Sarkofaglar Saroyi" va boshqa binolar xarobalari saqlangan. T.dan, shuningdek, tosh haykallar, rangli sopol idishlar va boshqa topilgan. T. madaniyatini yaratuvchilar Peruning markaziy qismi qabilalari bilan qardosh bolganlar. Ular dehqonchilik, lama boqish bilan shugullanganlar. T. madaniyati And viloyatining qad. sanatiga katta tasir korsatgan. Mil. 1ming yillik oxirida T. barham topib uning hududini hozirgi aymara indeyslarining ajdodlari egallagan.