ⓘ TIB QONUNLARI - Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid asari. Tib qonunlari oz davridagi tabobatning mufassal ensiklopediyasi bolib, unda inson sogligi va kasallik ..

                                     

ⓘ Tib qonunlari

"TIB QONUNLARI" - Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid asari. "Tib qonunlari" oz davridagi tabobatning mufassal ensiklopediyasi bolib, unda inson sogligi va kasalliklariga oid bolgan barcha masalalar mantiqiy tartibda tola bayon etilgan. Oldinlari tabobat, asosan, hunar hisoblanar va u bilan shugullanuvchilar nazariy masalalarga unchalik ahamiyat bermay uni amalda qollash bilan cheklanar edilar. Ibn Sino esa tabobatni ilm darajasiga kotardi va yunon, rim, hind, Yaqin va Urta Sharq tabiblarining tajriba va fikrlariga tayanib "Tib qonunlari"da uning ham nazariy, ham amaliy masalalarini chuqur ishlab chiqdi.

Ibn Sino "Tib qonunlari"ning 1kitobini Gorgonda, qolganlarini esa Ray va Hamadonda yashagan vaqtida yozgan 1015 - 1024.

Ibn Sino "Tib qonunlari"ni yozishda yunon tabiblaridan Gippokrat, Dioskorid, Galen, Oribaziy, Pavel, Hindiston tabiblaridan Charaka asarlarining arab tiliga tarjimasidan; Orta va Yaqin Sharq mamlakatlaridan yetishib chiqqan Abu Jurayj, Masih adDimashqiy, Ibn Mosavvayh, Sobur ibn Sahl, Sahorbuxt, Abu Bakr ar Roziy, Abu Sahl alMasihiy kabi olimlarning tibbiy asarlaridan manba sifatida foydalangan. "Tib qonunlari"ning har bir kitobi, oz navbatida, qismlarga fan, bolimlarga jumla, maqolalarga maqola va paragraflarga fasl bolingan.

1kitobda tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari, tabobat ilmining tarifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi talimot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining "oddiy" azolari - suyak, togay, asab, arteriya, vena, pay, boglam va muskullar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, korinishlari, turlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida sogliqni saqlash haqidagi talimot yoritiladi. Surgi qilish, qayt qildirish va qon olish masalalariga ayrim boblar ajratilgan.

2kitobda osha davrda osimlik, hayvon va madanlardan olinadigan 800 dan ortiq doridarmonlar tarifi, ularning davoli xususiyatlari va qollanish usullari bayon qilingan. Muallif Orta Osiyo va Yaqin Sharq hamda Orta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan doridarmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, Orta dengiz atrofi va boshqa joylardan keltiriladigan koplab dori va moddalarni ham korsatib otadi. Ibn Sino tavsiya qilgan kopgina dorilar farmakopeyada hozirgi ham qollanadi.

3kitobda odam gavdasining boshidan tovonigacha bolgan azolarida yuz beradigan "xususiy" yoki "mahalliy" kasalliklar haqida malumot beriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bagishlangan. Unda bosh miya shu jumladan, asab kasalliklari va ruhiy kasalliklar, koz, quloq, burun, ogiz boshligi, til, milk, lab, tomoq, opka, yurak, kokrak, qizilongach va meda kasalliklari, songra jigar, ot pufagi, taloq, ichak, orqa chiqaruv yoli, buyrak, qovuq, erkak va ayollarning jinsiy azolari kasalliklari haqidagi malumotlar keltiriladi.

4kitob kishi azolaridan birontasiga xos bolmagan "umumiy" kasalliklarga bagishlangan. Bunday kasalliklarga turli isitmalar kasallik davridagi buhronlar, shishlar shu jumladan, rak, toshmalar, yarachaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, asablarning jarohatlanishi, bosh suyagi, kokrak qafasi, umurtqa va qoloyoqlarning shikastlanishi kiritilgan. Shuningdek, mazkur asarda uzoq choziladigan va ota yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish haqida soz boradi; zaharlar va zaharlanish haqidagi talimot toksikologiyaning asosiy masalalari ham bayon qilinadi. Kitobning maxsus bolimi inson husni va chiroyini saqlashga va pardozandoz vositalariga bagishlangan. Jumladan, Ibn Sino sochni tokilishdan saklaydigan hamda haddan tashqari semirib yoki ozib ketishning oldini oladigan vositalarni ham tavsiya qiladi.

5kitob farmakopeya bolib, unda murakkab tarkibli doridarmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari yoritilgan. Uning birinchi hemila turli taryoklar ziddizaharlar, majunlar, habdori, kulcha dori tabletka, elaki dori, sharbatlar, qaynatmalar, sharob, marham va h.k. tavsifi berilsa, ikkinchi qismda muayyan azolar - bosh, koz, quloq, tish, tomoq, kokrak qafasi va qorin bushligi azolari, bogimlar va turli teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan hamda sinalgan doridarmonlar keltiriladi.

11-asrning boshlarida yozib tugatilgan "Tib qonunlari"ning kop sonli qolyozma nusxalari tarqalib, tib ilmi boyicha eng mukammal asarga aylanadi. U Sharkda naqadar mashhur ekanligini jahonning turli kutubxonalarida saklanayotgan qolyozmalarning kopligidan ham bilsa boladi. Eron olimi Yahyo Maxdaviyning "Fihristi nusxahoi musannafoti Ibn Sino" nomli kitobining ozida "Tib qonunlari"ning 130 nusxasi keltirilgan. Oz FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida ham "Tib qonunlari"ning 3 qolyozmasi sakdanadi. Shulardan eng qadimiysi 1308 yilda kochirilgan toliq nusxadir.

Sharkda kop olimlar, xususan, Muhammad Iloqiy Fahriddin Roziy, Muhammad Naxchivoniy, Ibn anNafis, Qutbiddin Sheroziy, Mahmud Chagminiy, Abdulloh Oqsaroiy, Sadididdin Kozaruniy, Abdurahmon Misriy, Hakim Ali Jiloniy, Ishoqxon ibn Ismoilxon, Hakim Shifoiyxon va boshqa "Tib qonunlari"ga sharxlar yozdilar, uni qisqartirib "Qonuncha" nomi bilan kichik qollanmalar tuzdilar.

"Tib qonunlari"ning arabcha matni birinchi marta 1593 y. Rimda, keyinchalik Qohira 1873, 1877, 1879, Tehron 1889, Laknav 1906 va Lohurda 1905 qam chop etildi, "Qonun" kop otmay Garb mamlakatlarida ham shuhrat topdi. 1130 y. tarjimonlar guruhi tashkil qilinadi va kremonalik Gerard 1114 - 1187 y. "Tib qonunlari"ni arab tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi, biroq bu ishni keyin 13-asrda yashagan Gerard oxiriga yetkazadi. Umuman "Tib qonunlari" lotin tilida 40 martadan ortiq tola holda nashr etilgan. Ayrim qismlarining nashri esa sonsanoqsizdir.

19-asrga kelib Yevropada "Tib qonunlari"ga bolgan qiziqish orta boshladi va uning ayrim qismlari nemis, fransuz, ingliz tillariga tarjima qilindi.

Asarni hozirgi zamon tillariga tarjima qilishni Ozbekiston sharqshunoslari oz zimmalariga oldilar, ular "Tib qonunlari" ning 5 kitobini arabchadan ozbek va rus tillariga tarjima qilib, 1954 - 61 yillari Toshkentda shifokorlar bilan hamkorlikda nashr etdilar.

"Tib qonunlari"ni arabchadan ozbek tiliga tarjima qilishda sharqshunos olimlardan A. Rasulev, S. Mirzayev, U. Karimov, A. Murodov, A. Qayumov, A. Urinboyev va Q. Munirov qatnashgan.

Ruscha tarjimasida M. A. Salye, U. Karimov, Yu. N. Zavadovskiy, P. G. Bulgakov, S. Mirzayev va A. Rasulevlar ishtirok etganlar.

1980 yilda Ibn Sino tavalludining shamsiy hisobda 1000 yilligi munosabati bilan "T.k."ning qayta ishlangan ozbek va rus tillaridagi U. Karimov tomonidan tayyorlangan toliq nashri 1979 - 1983 yillarda chop etiddi. Shundan song "Tib qonunlari." ozbek va rus tillarida muxtasar shaklda 3 jildli va 1 jildli yana 4 marta, rus tilida toliq stereotip shaklda yana 2 marta 10-jildli nashr boldi.

Bu tarjimalar asosida zamonaviy tibbiyot va dorishunoslikning turli sohalariga oid ilmiy makala va kitoblar nashr etish hozir ham davom etmoqda.

"Tib qonunlari" kitobi kop ayerlar davomida tibbiyotdan asosiy dastur bolib kelgan, hozir ham bir qancha dorilfununlarda urganiladi.

Surayyo Karimova.