ⓘ Tibbiyot deontologiyasi - tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman davoning tasirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari. Deont ..

                                     

ⓘ Tibbiyot deontologiyasi

Tibbiyot deontologiyasi - tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman davoning tasirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari. Deontologiya, yani kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha 16-asrning boshlarida ingliz faylasufi va iqtisodchisi I. Bentam tomonidan taomilga kiritilgan. Tibbiyot deontologiyasiga oid malumotlar uzoqtarixga ega. Aslida, Tibbiyot deontologiyasi keng falsafiy mazmunga ega bolib, bir qancha yonalishlardan iborat: - shifokor bilan bemor ortasidagi; - shifokor bilan bemorning yaqin kishilari ortasidagi munosabat; - shifokorning gamkasblari bilan munosabati va h.k.

Tibbiyot deontologiyasiga vrachning sir saklashi, bemorning hayoti va sogligi uchun tibbiyot xodimining javobgarligi, tibbiyot xodimlarining ozaro munosabati masalalari va boshqa kiradi. Tibbiyot deontologiyasiga muvofiq, tibbiyot xodimi bemorga katta etibor berishi, uning sogligini tiklash yoki azobini yengillatish uchun butun bilimini sarflashi, bemorga uning sogligi haqidagi faqat foyda keltira oladigan malumotlarni aytishi qarang Psixoterapiya, bemorning vrach bilan sirdosh bolishiga erishuvi zarur. Bemorning kasalligi haqida uning ishtirokida hamkasblari bilan sozlashishi yaramaydi.

Tibbiyot deontologiyasining tibbiyot amaliyotida togri joriy qilinishi, shifokorning ongi, saviyasi, madaniyati, dunyoqarashi, bilim va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bogliq. Kishilik jamiyatining turli davrlarida deontologik munosabatlar turlicha kechgan, u zamon talabiga moye ravishda ozgarib borgan.

Tibbiyot deontologiyasi tibbiyot xodimlaridan yuksak insoniy fazilatlar, sofdillik, ziyraklik, odamiylik va boshqalarga ega bolishni taqozo etadi. Tibbiyot deontologiyasi xalqaro kodeksini Xalqaro vrachlar jamiyati tasdikdagan 1949, Jeneva. Ozbekiston Respublikasida tibbiyot intini bitiruvchilar "Ozbekiston shifokori"ning qasamyodini qabul qiladilar 1996 yildan.