ⓘ Tibbiyot ilmiy kutubxonasi, Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining tibbiyot ilmiy kutubxonasi - Ozbekistondagi yirik ilmiy kutubxonalardan biri. ..

                                     

ⓘ Tibbiyot ilmiy kutubxonasi

Tibbiyot ilmiy kutubxonasi, Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining tibbiyot ilmiy kutubxonasi - Ozbekistondagi yirik ilmiy kutubxonalardan biri. Toshkent shahrida 1935 y. tashkil etilgan. Hozirgi Ozbekiston biotibbiy adabiyotlarning eng kop kitob saqlagichi sifatida faoliyat korsatadi. Fondida qariyb 1 mln.ga yaqin asar bor, bular kitoblar, vaqtvaqti bilan chiqadigan tibbiyotga oid nashrlar, avtoreferatlar, shuningdek, 160 ming nusxadagi chet el adabiyotlaridir. Bundan tashkari, Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari", Gippokrat asarlari, 17 - 19-asrlarda chop etilgan noyob kitoblar va tibbiyot fani hamda sogliqni saqlash asoschilari, shu bilan birga Ozbekiston tibbiyot olimlarining asarlari mavjud. 25 mingga yaqin kitobxonga xizmat qiladi, 900 mingdan ziyod kitob tarqatadi. Kutubxona sogliqni sakdash, tibbiyot va uning sohalariga oid biografik korsatkichlar nashr etadi. Ozbekistondagi barcha tibbiyot kutubxonalariga amaliy va uslubiy yordam beradi. Kitobxonlarga xizmat uy abonenti, oquv zali, nostansionar shakllar va boshqa usullarda amalga oshiriladi. Kutubxona sorovqidiruv apparati alifboli, sistematik va fanlar kataloglari, umumiy hajmi 7 mln.dan ortiq royxatga olish va mavzuiy kartotekalarga ega. 1996 yildan Tibbiyot ilmiy kutubxonasik. Jahon sogliqni saqlash tashkilotining Ozbekistondagi hujjatlar markazi vazifasini bajarmoqda, shuningdek, materiallarni keng targib qilishni amalga oshirmoqda. 2002 yildan Tibbiyot ilmiy kutubxonasik.da Ozbekistondagi kitobxonlarni oz sohasiga kora internet orqali axborotlar bilan taminlay oladigan katta yigma elektron kataloglar bor. Tibbiyot ilmiy kutubxonasik. tibbiy kutubxonalar Yevropa assotsiatsiyasining byurosi bilan hamkorlik olib boradi.