ⓘ Tibbiyot-genetika konsultatsiyasi - tibbiy yordamning bir turi. Tibbiyot genetikasi va odam genetikasi yutuqlariga asoslangan holda zamonaviy sokliqni saklash i ..

                                     

ⓘ Tibbiyot-genetika konsultatsiyasi

Tibbiyot-genetika konsultatsiyasi - tibbiy yordamning bir turi. Tibbiyot genetikasi va odam genetikasi yutuqlariga asoslangan holda zamonaviy sokliqni saklash ishida profilaktik yonalishda rivojlanmoqda. T.g.k. irsiy kasalliklari bor bemorlarni hisobga oladi, ularning oila azolari va ozlari ustidan dispanser kuzatuvi olib boradi, shuningdek, aholiga genetik maslahatlar beradi, yani bemorning otaonasi, qarindoshlariga yoki uning oziga oilada mazkur kasallik qaytalanishi mumkinligini tushuntiradi. T.g.k. irsiy kasalligi bir yoki ikkita allel gen mutatsiyasidan kelib chiqqan bemorlarga; irsiy kasalligi xromosomalar soni va tuzilishining ozgarishi bilan boglangan bemorlarga ; irsiy kasalligi tashki muxitning noqulay omillari tasirida paydo bolgan bemorlarga; qarindoshlarida irsiy kasallik borligi tufayli ozlarida ham shunday kasallik roy berishi mumkin deb xavfeiraydigan soglom kishilarga; bir-biri bilan turmush kurgan amakivachcha, togavachcha, xolavachcha, ammavachchalarga, birinchi bolasi nuqson bilan tugilganligi sababli boshqa bola korishdan qorqadigan otaonalarga maslahat va yordam beradi.

Shunday kilib, irsiy kasalliklarning oldini olishda T.g.k.ning vazifasi otaonalarni kelgusi avlodida shunday kasallik paydo bolish xavfi borligidan ogoh qilib qoyish, yaqin va uzoq qarindosh bilan, shuningdek, yashirin holatda mutant gen tashuvchi kishilar bilan turmush qurmaslikni tavsiya etishdan iborat.

T.g.k. faoliyati dispanser kuzatuvi prinsipiga asoslangan, faqat tekshirish maqsadida yoki kasalligi xuruj qilganda bemorlar maxsus statsionarga yotqiziladi.

T.g.k. talabalar, klinik ordinatorlar, aspirantlar, shuningdek, malakasini oshirayotgan vrach va oqituvchilarga tibbiyot genetikasidan ilm beradigan oquv bazasi hamdir.