ⓘ Tibet-birma tillari – xitoy-tibet tillari oilasining 2 asosiy tarmogidan biri; asosan, Myanma, Xitoy, Hindiston va Nepalda tarqalgan. Sozlashuvchilarning umumiy ..

                                     

ⓘ Tibet-birma tillari

Tibet-birma tillari – xitoy-tibet tillari oilasining 2 asosiy tarmogidan biri; asosan, Myanma, Xitoy, Hindiston va Nepalda tarqalgan. Sozlashuvchilarning umumiy soni 70 mln. kishiga yaqin. Bir necha asosiy guruhlarga bolinadi: lolobirma guruhi Xitoy va Myanmada tarqalgan birma, i, lisu, xani, laxu, nasi va boshqa tillarni oz ichiga oladi; tibet guruhi tibet tili va uning laxjalari, tamanggurung tillarini kamrab oladi; kukin aga guruhi manipuri, lushey kabi tillardan iborat, karen guruhi bodo, garo, tipera, kachin kabi koplab tillarni qamrab oladi; sharqiy himolay guruqiga Nepal sharqidagi limbu, sunvar kabi tillar, garbiy himolay guruhiga esa Shim. Hindistondagi kanauri, rangkas va boshqa tillar kiradi.

Tibet-birma tillarit. boginli amorf tillardan bolib, muayyan darajada agglyutinatsiyaga moyilligi bor. Morfemalar, odatda, bir boginli bolsa ham, bazan istisnolar uchraydi. Boginlar barqaror qurilishga ega, soz boshida qoshaloq undoshlar bolishi mumkin. Soz yasalishida ozaklarni qoshish ustunlik qiladi. Gapda sozlar ortasidagi munosabatlar soz tartibi asosida va yordamchi morfemalar orqali ifodalanadi. Yordamchi morfemalar kupincha postpozitiv holatda boladi; kesim gapning oxirida keladi.

Ayrim Tibet-birma tillarit. ideografik yoki boginli yozuvga ega bolsa nasi, i va ulik tangut, bazilar qad, hind yozuvidan kelib chiqqan alifbolardan foydalanadi. Xitoydagi va Myanma shim.dagi bazi tillar uchun yakindagina lotin alifbosi asosida yozuvlar yaratilgan. Tibet va birma tillaridan boshka Tibet-birma tillarit. yaxshi organilmagan.