ⓘ Tiglatpalasar - Ossuriyadagp shohdar nomi. Eng mashhurlari: T. I - shoh. Nairi, Kichik Osiyo, Suriya, Finikiyaga bir necha zafarli yurishlar qilgan, Bobil bilan ..

                                     

ⓘ Tiglatpalasar

Tiglatpalasar - Ossuriyadagp shohdar nomi. Eng mashhurlari: T. I - shoh. Nairi, Kichik Osiyo, Suriya, Finikiyaga bir necha zafarli yurishlar qilgan, Bobil bilan tengma teng kurash olib borgan. Ossuriyaga bostirib kirgan oromiy qabilalarini Frot daryosi ortiga surib chiqargan. T II - shoh. Mamlakatdagi ichki ahvolni turgunlashtirishga qaratilgan islohotlar otkazgan: noibliklarni yiriklashtirib, noiblarni markaziy hokimiyatga boysundirgan, shoh qaramogida bolgan muntazam yollanma qoshin tuzgan va boshqa Ossuriyaning bosqinchilik siyosatini davom ettirgan. Garbda 743 - 740 ydarda suriyalik, finikiyalik va Kichik Osiyodagi hukmdorlarning Arpad koalitsiyasini tormor keltirgan, 734 - 732 yillarda Damashq va Isroil podsholiklari, Tir, Filistim sh.lari, Arabiston ya.o.dagi knyazliklar va Edomni birlashtirgan koalitsiya ustidan galaba qozongan. 737 y. Garbiy Midiyada ornashib olgan. Shim.ga, Urartu va Bobilga 2 marta yurish qilgan. Bobiddagi hokimiyatni xaldey sardorlari egallab olishga harakat qilmoqda edi. 729 y. shaxsiy uniya asosida T. III Pulu nomi bilan Bobil podshosi bolgan. Bosib olingan hududlarning aksariyatida Ossuriya viloyatlari tuzilgan, bir qism yerlar Ossuriyaga tobe davlatlarga aylantirilgan. T. III davrida xalklarni bosib olingan bir hududdan boshqasiga yoxud Ossuriyaga kochirish amaliyotidan foydalanilgan. Qorqmas Abdullayev.