ⓘ Tijorat banki - korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarga universal bank xizmatlari korsatadigan yirik kredit muassasasi. Tijorat banki bank harakatlarini amalga os ..

                                     

ⓘ Tijorat banki

Tijorat banki - korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarga universal bank xizmatlari korsatadigan yirik kredit muassasasi. Tijorat banki bank harakatlarini amalga oshirish uchun pul mablaglarini, asosan, qoyilmalar, banklararo kreditlar, oz aksiya va obligatsiyalarini chiqarish xdgsobiga shakllantiradi. Ozbekistonda dastlabki tijorat banklari Rossiya Orta Osiyoni bosib olganidan keyin, 19-asr oxirlarida rus kapitali ishtirokida paydo bolgan va 1917 yildagi Oktyabr tontarishiga qadar faoliyat korsatgan. 20-asrning 90-yillari boshidan, mustaqillikdan keyin respublikada Tijorat bankilari kayta paydo boldi.

Ozbekistonda Markaziy bank Tijorat banki faoliyati uchun litsenziya beradi va uning ishini nazorat qiladi. Tijorat banki lari mulkchilikning turli shakllari asosida davlat ishtirokidagi, davlataksiyadorlik, ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari tarzida tashkil etilgan. Respublika hududida 33 ta Tijorat banki, faoliyat korsatadi 2003. Ulardan 2 tasi davlat banki, 3 tasi davlataksiyadorlik Tijorat banki 12 tasi xususiy bank, 4 tasi chet el kapital ishtirokidagi banklar va 1 tasi shoba bankdir. Mazkur banklarning respublika hududida faoliyat korsatayotgan 800 dan ortik, filiallari va 690 dan ortiq minibanklari bor. Respublikada 7 chet el Tijorat bankilari, 4 xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat korsatadi. Tijorat bankii faoliyati Ozbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati togrisida" 1996, 25apr. qonuniga muvofiq tartibga solinadi.

Fayzulla Mullajonov.