ⓘ Tik, muskul uchishi - ayrim yoki bir guruh muskullarning ixtiyorsiz tez-tez takrorlanadigan qisqarishi. Aksari yuz, boyin, kul muskullari, bazan til muskullari ..

                                     

ⓘ Tik

Tik, muskul uchishi - ayrim yoki bir guruh muskullarning ixtiyorsiz tez-tez takrorlanadigan qisqarishi. Aksari yuz, boyin, kul muskullari, bazan til muskullari va diafragma ham uchadi. Turli kishilarda T.ning tashki alomatlari turlicha, birok, bitta kishining ozida, odatda, bir xil namoyon boladi, yani har bir takrorlangan xurujda osha bir xil muskullarning ozi uchadi. Mas., kishining yuz muskullari uchganda tosatdan peshonasini tirishtiradi, qoshlarini chimiradi, kozini qisadi, burnini qimirlatadi, labini chochchaytiradi, bu xildagi qisqarish yuz muskullarining yarmida yoki hammasida roy berishi mumkin; boyin muskullari T.ida bemor boshini koylak yoqasi siqqandek buradi yoki yelkalarini egniga oxshovsiz otirgan kiyimni tuzatgandek harakatlantiradi. Ogiz muskullari va hiqildoq T.ida tilini taqillatadi, labini cholpillatadi, yalaydi, chaynaladi. T. nafas muskulaturasiga tarqalganda bemor tomogini qirib yotaladi, pishillaydi yoki tumovdagi kabi burni bilan tez-tez nafas oladi. Bayon etilgan ixtiyorsiz harakatlar kopincha boshi shikastlanib yoki bosh miyasi hamda pardasi yalliglanib tuzalgan odamlarda uchraydi. Biroq T. qattiq iztirob chekish, bolalarda yoki kattalarda kuchli qorqish, uzoqvaqt toliqish va darmonsizlanish yoki surunkali kasallik, nevroz oqibatida kelib chikishi mumkin. Bazi xollarda yuzning gayriixtiyeriy harakatlari uch shoxli nerv nevralgiyasida ogriq xuruji vaqtida paydo boladi, bu ogriqli T. deyiladi. Bunday T.ka uch shoxli nerv qozgalishining yuz nerviga tasir etishi sabab boladi.

T.ni keltirib chiqargan sababiga kura vrach davolaydi.