ⓘ Tikanli baliqlar - tikansimon baliqlar turkumi oilasi. 5 urugi, 10 ga yaqin turi bor. Atlantika, Tinch okean va Shim. muz okeani havzalariga mansub dengiz va ch ..

                                     

ⓘ Tikanli baliqlar

Tikanli baliqlar - tikansimon baliqlar turkumi oilasi. 5 urugi, 10 ga yaqin turi bor. Atlantika, Tinch okean va Shim. muz okeani havzalariga mansub dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan. Tanasining uz. 3 - 20 sm. Orqasida 3 - 16, qorin tomonida bitta tikan boladi. Tikanli baliqlar 3 - 4 yil yashaydi, 1 yilda voyaga yetadi. Bahor va yozda uvildiriq tashlaydi. 60 - 400 tagacha tuxum qoyadi. Tikanli baliqlarning nasl togrisida gamxorligi murakkab rituaddan iborat: erkagi osimlik parchalaridan uya qurib, uyaga tuxum qoyadigan bir necha urgochisini haydab kiradi; tuxumlari va tuxumdan chiqqan baliqchalarni qoriqlaydi. Tikanli baliqlar mayda qisqichbaqasimonlar, hasharotlarning lichinkalari, boshqa baliqlarning uvildiriq va chavoqlari bilan oziqlanib, baliqchilikka qisman zarar yetkazadi. Xojalik ahamiyati kam, faqat 3 ignali Tikanli baliqlar ovlanadi.