ⓘ Tikuv mashinasi - kiyimkechak tikish, buyumlarni bezash, ularni qavish va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan mashina. Tikuv mashinasini birinchi marta 1755 yilda ..

                                     

ⓘ Tikuv mashinasi

Tikuv mashinasi - kiyimkechak tikish, buyumlarni bezash, ularni qavish va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan mashina. Tikuv mashinasini birinchi marta 1755 yilda ingliz ixtirochisi Ch.F. Veyzental ixtiro qilgan. Nemis ixtirochisi I. M. Zinger Tikuv mashinasini takomillashtirdi, shundan song sanoatda keng qollanila boshladi. Tikuv mashinasi choklaydigan, tugma qadaydigan, tepchiydigan va h.k., qolda, oyoqda va elektr bilan harakatlanadigan, mokili va mokisiz, bir va kop ignali xillarga bolinadi. Ishlash prinsipiga qarab, universal va maxsus Tikuv mashinasi boladi. Universal Tikuv mashinasining eng kop tarqalgani bir ignali, mokili choklovchi mashinadir. Bular sanoat va uyrozgorda keng ishlatiladi. Kop ignali Tikuv mashinasilari ichida ikki ignalisi koproq qollaniladi. Choklarni payvandlab va yelimlab biriktiruvchi Tikuv mashinasilari ham bor. Tikuv mashinasidan tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, galanteriya sanoati va uyrozgorda foydalaniladi.