ⓘ Tikuvchilik - kasb-hunar turi; kiyim-kechak: korpa-toshak va boshqa buyumlarni tikish kasbi. Tikuvchilik vositalari, material va texnikasi turli davrlarda turli ..

                                     

ⓘ Tikuvchilik

Tikuvchilik - kasb-hunar turi; kiyim-kechak: korpa-toshak va boshqa buyumlarni tikish kasbi. Tikuvchilik vositalari, material va texnikasi turli davrlarda turli xalqlarning moddiy va madaniy saviyasi, iqlim sharoiti, ehtiyoj va imkoniyatlari, urf-odatlari zaminida taraqqiy etgan. Arxeologik qazishlar natijasida jaxonning turli mamlakatlari hududidan topilgan tikuvchilik vositalari, kiyim-kechak va uy-rozgor buyumlari bu kasbning barcha xalqlarda qadimdan mavjudligi, oziga xos taraqqiyot bosqichlarini otaganligini korsatadi. Tikuvchilik buyumlari dehqonchilik bilan shugullanadigan xalqlarda koproq osimlik tolalaridan toqilgan gazlamalardan, chorvador xalqlarda aksariyat jun gazlama va teridan tikilgan.

19-asrgacha barcha xalqlarda, jumladan, Orta Osiyo xalqlarida ham tikuvchilik ishlari qolda bajarilgan. Bazi sohalarda bu kasb namunalari yuksak sanat darajasiga kotarilgan. Turli davrlarda tikuvchilikdan mustaqil kasb sifatida etikdozlik, mahsidozlik, postindozlik, doppidozlik, kashtadozlik, gilamchilik va boshqa koplab kasb turlari ajralib chiqqan. 19-asr 2-yarmidan Yevropa mamlakatlarida tikuvchilikda maxsus tikuv mashinalari keng qollanila boshladi, keyin boshqa hududlarga, shu jumladan, Ozbekistonga ham tarqaldi qarang Tikuv mashinasi. Tikuvchilik taraqqiyotining hamma davrlarida bichiqchilik uning ajralmas qismi bolgan. Orta Osiyoda, shu jumladan, Ozbekistonda tikuvchilik hunarmandchilikdan yengil sanoatning yirik tarmogiga aylandi. Zamonaviy texnika bilan uskunalangan korxonalar tashkil etildi, mahalliy tikuvchi, kosib va boshqa hunarmandlar tikuvchilikning yangi texnikasini ozlashtirdilar qarang Yengil sanoat.