ⓘ Tillar oilasi - kelib chiqishi jihatidan ozaro qarindosh, tuzilishi va ayrim leksikgrammatik xususiyatlariga kora oxshash tillar majmui. Tillar oilasini tashkil ..

                                     

ⓘ Tillar oilasi

Tillar oilasi - kelib chiqishi jihatidan ozaro qarindosh, tuzilishi va ayrim leksikgrammatik xususiyatlariga kora oxshash tillar majmui. Tillar oilasini tashkil etuvchi tillarning bir-biriga yaqin yoki uzoq qarindoshligi tilshunoslikda qiyosiytarixiy metod orqali belgilanadi. Oila tushunchasi terminologik jihatdan hajman ozgaruvchandir. Qarindosh tillarning ayni bir majmuasi gog guruh deb, goh oila deb atalishi mumkin. Mas., eroniy tillar oz ichki bolinishi nuqtai nazaridan oila deb, hindevropa tillari oilasiga mansubligi jihatidan esa guruh deb atalishi mumkin. Aniqlanishi qiyin va ozaro ancha uzoklashib ketgan tillarning oilalari uchun "makrooila", "filiya", "fila" terminlari ham qollanadi.

Har bir Tillar oilasi bir necha onlab tillarni oz ichiga oladi va ular, oz navbatida, birbiriga yaqinligiga qarab, tarmoqlarga shoxobchalarga bolinadi. Tarmoqlardagi tillarning ozaro yaqinligi ham bir xil bolmaydi. Shunga kora, ular guruhlarga, guruxlar esa guruhchalarga bolinib, tasnif va tavsif etiladi. Mas., uzbek, uygur, qirgiz, qozoq, tuva, qaraim, tatar, boshqird, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, chuvash singari 20 dan ortiq til turkiy Tillar oilasini tashkil etadi. Ushbu oila, oz navbatida, 6 ta guruh va guruhchalarga bolinadi A.N.Samoylovich tasnifi.

Jahon tillarini 200 yildan beri qiyosiytarixiy metod asosida tadqiq etish natijasida Tillar oilasining genealogik kelib chiqishiga kora tasnifi yaratilgan. Lekin ayrim ulik tillar va jonli tillar yetarli darajada organilmaganligi tufayli, ularni biror til oilasiga kiritish qiyin. Tillarni anik, batafsil organish, tadqiq etish Tillar oilasini togri belgilashga yordam beradi. Keyingi yillardagi tadqiqotlar tufayli hom Tillar oilasi yoqligi, balki bitta somhom afroosiyo Tillar oilasi borligi aniqlangan. Bir qator tilshunoslar mogul, tungusmanjur va turkiy tillarni bularning har biri alohida Tillar oilasi hisoblanadi bir umumiy Tillar oilasiga - oltoy Tillar oilasiga birlashtiradilar. Boshka guruh tilshunoslar esa oltoy, hindevropa, somhom, ural, dravid kabi tillar juda qad. zamonlarda qarindosh bolgan deb, ularni bitta Tillar oilasiga birlashtirganlar qarang Nostratik tillar. Lekin bunday faraziyalar hozircha oz isbotini topgani yoq.

Amerika va Afrikadagi mahalliy aholining tillari juda kop va xilmaxil bolsada, ularning aksariyati yaxshi organilmagan. Ularning kam organilganligi hamda mahalliy tillarning borgan sari kamayib borayotganligi ushbu hududlarda Tillar oilasi ni togri belgilashga imkon bermaydi. Shunday bolsada, indeys tillarining Shim. Amerikada 7 ta, Meksika va Markaziy Amerikada 3 ta, Jan. Amerikada 20 dan ortiq oilasi borligi aniqlangan. Har bir oila 15 - 20 tadan 100 tagachatilni qamrabolgan. Mac, Mapkaziy va Jan. Amerikada keng tarqalgan chibcha Tillar oilasi, oz navbatida, 20 guruhga bolinadi va jami 70 ga yaqin tilni qamrab oladi.

Hozirgi jahonda tillarning umumiy soni 2500 tadan 5000 tagacha deb taxmin qilinadi. Biroq tillar va Tillar oilasining aniq miqdorini aytish qiyin, chunki turlituman tillar va bir tilning lahjalari ortasidagi tafovutlar kopincha shartli xususiyatga ega. Bir qator tillarning haqiqatan mustaqil tilmi yoki lahjami ekanligi anik, belgilanmagan. Ayrim chalkashlik yoki olimlar urtasidagi kelishmovchiliklarga qaramay, tillarning genealogik tasnifi 2000 dan ortik, tilni bir necha Tillar oilasiga birlashtiradi.

                                     

1. Adabiyot

  • Ivanov V.V., Genealogicheskaya klassifikatsiya yazikov i ponyatiye yazikovogo rodstva, M., 1954; Teoreticheskiye osnovi klassifikatsii yazikov mira, M., 1980; Reformatskiy A.A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998.