ⓘ Tillar tasnifi - tillarning muayyan belgilar asosida hamda tadqiqotning umumiy maqsadidan kelib chiqadigan qarashlarga moye keluvchi malum tasnifiy bolimlar boy ..

                                     

ⓘ Tillar tasnifi

Tillar tasnifi - tillarning muayyan belgilar asosida hamda tadqiqotning umumiy maqsadidan kelib chiqadigan qarashlarga moye keluvchi malum tasnifiy bolimlar boyicha guruhlarga ajratilishi. Tillar tasnifi muammosi ularni qiyosiy organish vaqtida paydo boladi va bazan qiyosiy organishning pirovard maqsadi deb tasavvur etiladi. Tillar tasnifining 2 asosiy turi mavjud: tillarning genealogik tasnifi va tillarning morfologik tasnifi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tasniflarning birinchisi tillarning qarindoshligi tushunchasiga asoslanadi; u qiyosiytarixiy tilshunoslik paydo bolgandan keyingina royobga chiqqan. Bunda qarindosh tillar qarindoshlik darajalariga qarab oilalarga, bir oila doirasidagi yaqin qarindosh tillar esa guruh va guruhchalarga biriktiriladi. Oiladan kattaroq tasnifiy birliklar ni aniqlash, belgilashga urinishlar ham mavjud.

Tillarning morfologik tasnifi esa tipologik va grammatik xususiyatlarga asoslanadi. U uzgarmas lugaviy birliklarga ega bolgan tillar hamda ozaro birikib, ozgarishlarga uchrovchi lugaviy birliklari bulgan tillarni kiyoslash asosida paydo bolgan. Nemis olimi A.V.Shlegel Tillar tasnifining ushbu prinsipini tillarni fammatik qurilishli tillar va grammatik qurilishsiz tillarga ajratgan holda rivojlantirdi. Tillarni amorf tillar, agglyutinativ tillar, flektiv tillar va polisintetik tillarga ajratish ham shu tasnifga asoslanadi. Mazkur turlarning birortasi ham sof holda uchramaydi: dunyodagi barcha tillarning xususiyatlari biridan ikxinchisiga utuvchan xarakterga ega. Nemis olimi G.Shteyntal, avstriyalik F.Misteli va amerikalik E.Sepirning 19-asrda morfologik tipologik tasnifni takomillashtirish yolidagi urinishlari birmuncha sodda, umumiy tarzda bolgan.

Tillar tasnifining uchinchi xili - areal yoki geografik tasnif xam mavjud. Bu tasnif mazkur ikki tasnifga nisbatan qoshimcha, yordamchi mavqeda bolib, tillarning yoki bir til doirasidagi lahja va shevalarning geografik joylashuvidan kelib chiqadi yana q. Lingvistik geografiya. Umuman, Tillar tasnifi dunyodagi koplab xilmaxil tillarni yaxshiroq organish, tadqiq etishda katta yordam beradi.