ⓘ Tillitlar - muzlik yotqiziklari, morenalar. Zichlashgan, saralanmagan hosilalar bolib, dagal chaqiq jinslardan tarkib topgan, bazan metamorfizmga uchragan. T. t ..

                                     

ⓘ Tillitlar

Tillitlar - muzlik yotqiziklari, morenalar. Zichlashgan, saralanmagan hosilalar bolib, dagal chaqiq jinslardan tarkib topgan, bazan metamorfizmga uchragan. T. tarkibida valunlar bolgan mayda donador massadan iborat. Dengiz chokindilari va muzning tarqalishi natijasida hosil boladigan dengiz T. va pastki katlamdagi tub jinslarning harakatdagi muzlarida ularning tarkibida aks etadigan kontinental T. farq qilinadi. T. qad. muzlanishning qoldiklari bolib, ular erta proterozoydan va deyarli hamma kontinentlarda kechki proterozoy qatlamlarigacha malum. T.ning gorizontlari Sharqiy Yevropa platformasining yuqori rifey qatlamlari, Afrika, Avstraliya, Xitoy, Orta Ural va Tyanshanning kechki proterozoy qatlamlarida uchraydi. T.ning qalinligi onlab va yuzlab m ga yetadi. T. dan stratigrafiya, paleogeografiya muammolarini yechishda hamda chokindi foydali qazilmalari konlarini bashoratlashda foydalaniladi.