ⓘ Tipologiya - obyektlarni mavhum, umumlashgan model lar yordamida ilmiy tasnif qilish usuli. Bunda organilayotgan obyektlarning eng muhim struktur va funksional ..

                                     

ⓘ Tipologiya

Tipologiya - obyektlarni mavhum, umumlashgan model lar yordamida ilmiy tasnif qilish usuli. Bunda organilayotgan obyektlarning eng muhim struktur va funksional xususiyatlari kayd etiladi. T.ning asosiy xususiyati shundaki, u nafaqat organilgan, bilib olingan obyektlarni tasnif kilish, balki u yoki bu davrdagi fanga xdli malum bolmagan obyektlarning mavjud bola olishini avvaldan korsatish ga ham imkon beradi. Ilmiy tafakkurning universal usullaridan biri bolgan T. organilayotgan obyektlar ortasidagi oxshashlik va tafovutni ochib berishga, ularni aynan oxshatish, tenglashtirish yollarini topishga asoslanadi va koplab fan sohalarida qollanadi, biroq xilmaxil xossali obyektlari kop bolgan biol. kimyo, geogr. tilshunoslik, psixologiya kabi fanlarda samarali foydalaniladi.

Tilshunoslikda T. - umuman til tuzilishining muhim belgilarini alohida, ayrim olingan tillar qurilishini organish va ularni har tomonlama taqqoslash asosida aniqlovchi va umumlashtiruvchi tilshunoslik bolimi. Tipologik metodlar turlituman tillarning fonologiyasi, morfologiyayetl, sintaksist va leksiGsosidagi oxshashliklar va tafovutlarni aniklashga, lingvistik universaliyalarni, shuningdek, tillarning tiplarini - til kurilishi tabiati haqidagi umumlashgan, mukammal xrldagi tushunchalarni belgilashga qaratilgan. Tillarning tiplari grammatikada tushunchalarni anglatish usuliga, munosabatlarni ifodalash texnikasiga va birikish, boglanish darajasiga qarab aniqlanadi. Tipologik tadqiqotlar til tizimining alohida, ayrim kichik tizimlari asosida ham olib boriladi, shu tufayli fonologik, morfologik, sintaktik va semantik T.lar farklanadi. Ikki yoki undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bolmagan har xil tizimdagi tillarning ayrim xususiyatlarini qiyosiy T. organadi. Aniklanadigan tipologik belgilar malum bir kichik tizimning oziga xos xususiyatlarini aks ettiradi, lekin til qurilishida ular turli nisbatlarda birikadi, shuning uchun mazkur belgilardan biri asosiy, yetakchi hisoblanadi. Sozning tarkibiy tuzilishi asosida tillarning morfologik tipologik tasnifi yaratildi, biroq tadrijiy taraqqiyot natijasida tilning tipi ozgarishi mumkinligi sababli tillarning tiplari sof holda uchrashi isbotlanmagan. Tilshunoslik sohasidagi tipologik tadqikrtlar nemis olimi F.Shlegel asarlaridan boshlangan. Keyinchalik tillar T.si boyicha nemis olimlari A.V.Shlegel, V.Gumboldt, X.Shteyntal, A. Shleyxer, amerikalik E.Sepir, chex V.Skalichka, fransuz A.Martine, ruslardan F.F.Fortunatov, I.I.Meshchaninov, B.Uspenskiy, Yu.V.Rojdestvenskiy, V.N.Yarseva va boshqa tadqiqotlar olib borganlar. Ozbekistonda ham A.Abduazizov, J.Boronov, Q.Toymetov va boshqalar T. masalalari bilan shugullanganlar.