ⓘ Tirishish - muskullarning tosatdan gayriixtiyoriy ravishda qisqarishi. T. nerv sistemasi kasalliklarida, zaharlanish, moddalar almashinuvi va ichki sekretsiya b ..

                                     

ⓘ Tirishish

Tirishish - muskullarning tosatdan gayriixtiyoriy ravishda qisqarishi. T. nerv sistemasi kasalliklarida, zaharlanish, moddalar almashinuvi va ichki sekretsiya bezlari ishi buzilganda roy beradi. Kelib chiqish sababiga kora, T. epizodik, tasodifiy bolishi yoki hafta, oy, yil davomida malum vaqtda bir necha marta takrorlanib turishi mumkin. Bazi bemorlarda T. tashqi tasirotlar natijasida, chuqur nafas olganda, dim xonada, ichkilikni suiistemol qilganda tutib qoladi yoki zorayadi. T. bitta muskulda yoki bir guruh muskullarda sodir bolishi mumkin.

Kuchli tirishish tonik T. qisqa vaqt davom etishi mumkin, bunda kopincha qattiq ogriq paydo boladi. Bunday T. aksari uzoq yurilganda boldir muskulida, shuningdek, soppasog odamda chomilish paytida roy beradi. Quruq joyda yurgan paytda paydo bolgan T.ni oyoq kaftini bir kol bilan yozib va ayni vaqgda boldir suyagini ikkinchi qol bilan uqalab yoqotish mumkin. Yotganda yoki utirganda tomir tortishib qolganda tezda orindan turib, ogrik oyoqning kafti bilan qattik tiranish kerak. Chomilayotgan paytda suvda oyoq tomiri tortishib kolganda oyoqni harakatlantirmay, oyoq panjasini sog oyoq bilan yozish kerak. T.ga moyil odamlar suvda uzok suzmaganlari maqul. T. klonik bolishi, bunda muskullar goh tez-tez qisqarib, goh qisqa muddatga boshashishi mumkin.

Umumiy T.da, mas., tutqanok xurujida odam hushidan ketishi va yikilib tushishi mumkin. Bunday hollarda vrach chaqirish zarur. T., odatda, kasallik alomati bolishi mumkin, shu boisdan uning sababini aniklash va davolash uchun vrachga murojaat qilish shart.