ⓘ Tiflotexnika - korlar, kozi ojizlar va korkarlarni oqitish, mehnat faoliyatiga tayyorlash, ularga madaniymaishiy xizmat korsatish, kozi ojizlarning korish qobil ..

                                     

ⓘ Tiflotexnika

Tiflotexnika - korlar, kozi ojizlar va korkarlarni oqitish, mehnat faoliyatiga tayyorlash, ularga madaniymaishiy xizmat korsatish, kozi ojizlarning korish qobiliyatini kuchaytirish va tiklash uchun moljallangan maxsus asbobsozlik sohasi. T. oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, oftalmologiya, korish neyrofiziologiyasi, elektrofiziologiya, fiziologik optika, korish gigiyenasi, ergonomika, umumiy, muhandislik va tibbiy psixologiya, tiflopedagogika, tiflopsixologiya, aloqa nazariyasi, elektronika, axborotlar nazariyasi va boshqa sohalarga asoslanadi. Elektron T. narsalar, vizual jarayonlar va hodisalar togrisida korlarga obyektiv axborot beradi. Korlar va kozi ojizlarning odatdagi kitob, jurnali, gazeta va boshqalarni "oqishlari" uchun oddiy harflarni ovoz, taktil, taktiltitrama signallarga aylantirib beruvchi "oqish" mashinalari ishlab chiqilgan. Maxsus apparatlar maktablar va boshqa bilim yurtlarida u^kaziladigan lab. ishlarida kor va kozi ojizlarning atrofdagi narsalar, jarayonlar va xrdisalar togrisida muayyan tasavvur olishlariga imkon beradi. Korlarning kochakuyda moljal olishlarini osonlashtirish uchun tovush yoki taktil signalizatsiyali elektron asboblar yaratilgan, maxsus elektron hassalar ishlab chiqarilgan.

Korlar va korkarlarning yozishlari uchun L. Brayl tizimida turli asboblar va maxsus yozuv mashinkalari ishlab chiqarilgan. Kozi ojizlar uchun maxsus linzalar, proyeksion apparatura, oqish moslamalari, maktablardagi frontal mashgulotlar uchun berk tizimdagi televizion qurilmalar mavjud. Bunday vositalarning yangi turlarini ishlab chiqish borasida i. t. ishlari olib borilmoqda.

Kozi ojizlarning korish qobiliyatini kuchaytirish va tiklash uchun turlituman optik asboblar yaratilgan. Korlar va kozi ojizlarning mehnat faoliyatiga komaklashish uchun ish unumdorligini oshirishga yordam beradigan, mehnat xavfsizligini taminlaydigan qurilmalar ishlab chiqarilgan. T. koz va qulogida kamchiliklar bolgan odamlarning hayot kechirishi va mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun juda muhim ahamiyatga ega.