ⓘ Pavlo Tichina. Pavlo Grigoryevich Tichina - ukrain shoiri, davlat va jamoat arbobi. Ukraina FA akad., Ukraina Oliy Majlisi raisi, SSSR Oliy Soveti Millatlar Sov ..

                                     

ⓘ Pavlo Tichina

Pavlo Grigoryevich Tichina - ukrain shoiri, davlat va jamoat arbobi. Ukraina FA akad., Ukraina Oliy Majlisi raisi, SSSR Oliy Soveti Millatlar Soveti raisi orinbosari. 1918 y. "Quyoshli klarnetlar" sheriy kitobi nashr qilingan. "Ukrainadan esgan shamol", "Chernigov", "Yagona oila tuygusi", "Polat va nafosat" kabi sheriy toplamlarida vatanparvarlik va tinchlik motivlari ifodalangan. "Kotovskiy qilichi", "Shevchenko va Chernishevskiy" dostonlari muallifi. "Yengmoq va yashamoq", "Dostni dafn etish" sher va dostonlari Ikkinchi jahon urushiga bagishlangan. Urushdan keyingi davrda dolzarb mavzudagi sheriy asarlar, bolalar uchun ertaklar hamda adabiyotshunoslik masalalariga oid maqolalar yozgan. "Tanlangan asarlari" uchun T. G. Shevchenko nomidagi Ukraina Davlat mukofoti berilgan. Ayrim sherlari ozbek tiliga tarjima qilingan.