ⓘ Tish chirishi, tish kariyesi - tish qattiq toqimalarining zararlanishi; tish emali ning astasekin yemirilib, kovak hosil bolishi. Bolalarda kop uchraydi. Kopinc ..

                                     

ⓘ Tish chirishi

Tish chirishi, tish kariyesi - tish qattiq toqimalarining zararlanishi; tish emali ning astasekin yemirilib, kovak hosil bolishi. Bolalarda kop uchraydi. Kopincha bolalarning birinchi katta jag tishlari chiriydi. Tish chirishi ovqatlanish tarzining buzilishi; xamir ovqat va shirinliklarga ruju qilish; ovqat tarkibida kaliy, fosfor va vitaminlar yetishmasligi, shuningdek, ovqatda hol meva va sabzavotlar bolmasligi hamda tishlarni notogri parvarish qilish oqibatida paydo bolishi mumkin. Bolalar tishining chirishiga homilador ayollarning ovqatlanish rejimi, bolani notogri ovqatlantirish va boshqa malum darajada tasir etadi. Ichimlik suv tarkibida ftor kam bolgan joylarda bu kasallik kop uchraydi. Ogir infeksion kasallik bilan ogrigan bolalarda, ayniqsa, ularning balogatga yetish davrida Tish chirishi tez avj olib ketadi. Tish chirishi kopincha homiladorlikda ham kuzatiladi, chunki bu davrda homila skeleti shakllanishi uchun zarur bolgan kaltsiyga talab oshishi natijasida ona organizmida ichki sekretsiya bezlari faoliyati va moddalar almashinuvining buzilishi kabi fiziologik ozgarishlar roy beradi.

Tish chirishi sezilarsiz boshlanadi. Dastlab tish emali xiralashib, gadirbudurlashadi, oqish yoki sargimtir dog paydo boladi qarang Tish; keyinchalik bu joy yumshab qoladi, bu - yuza Tish chirishi deyiladi; bunda tish chotka bilan tozalanganda, shirin, nordon narsalar yeyilganda ogriydi. Chirigan tish kovagi astasekin chuqurlashib, emaldan dentinga otadi, ana shunda orta Tish chirishi kelib chiqadi, otkir kechganda mexanik, kimyoviy yoki issiqsovuq tasirida bir oz ogriq paydo boladi. Tish chirishi jarayoni dentin toqimasining ichiga utishi natijasida pulpa ustida yumshab yupqalashgan dentin qoladi; bunda chirigan tish kovagiga ovqat kirishi bilan kuchli ogriq paydo bolib, tasirot yoqolganda darrov toxtaydi; bu - chuqur Tish chirishi deb ataladi. Agar oz vaqtida davo qilinmasa, mikrob tishning yumshoq toqimasi pulpaga kirib, uni yalliglantiradi - pulpit vujudga keladi; borabora tish ildizi atrofidagi toqimalar ham yalliglanishi mumkin, Tish chirishi ni stomatolog vrach davolaydi. Tish kovagini tozalab plombalanadi.

Oldini olish uchun organizm ehtiyojiga zarur mineral tuzlar, vitaminlar, yoglar, uglevodlar va h.k.ga boy ovqatlar yeb turish, ovqatlanish rejimiga rioya qilish, ogiz boshligini soglom saklash kerak.

tish kariesini oldini olish uchun har doim ovqatdan keyin tishlarni yuvish lozim.