ⓘ Tishli uzatma - aylanma harakatni ilgarilama harakatga yoki aksincha aylantirib beradigan, yo bolmasa, aylanma harakat uzatadigan 3 zvenoli mexanizm. Uning 2 zv ..

                                     

ⓘ Tishli uzatma

Tishli uzatma - aylanma harakatni ilgarilama harakatga yoki aksincha aylantirib beradigan, yo bolmasa, aylanma harakat uzatadigan 3 zvenoli mexanizm. Uning 2 zvenosi qozgaluvchan tishli gildirak dar dan iborat bolib, qozgalmas zveno bilan aylanma yoki ilgarilama harakat uzatuvchi juftlikni hosil qiladi. Tishli uzatmaning silindrik, konussimon, gipoid, tolqinsimon va boshqa shaklli turlari boladi. Kopgina mashina va mexanizmlarda tashqi ilashishli, yani tishlari tashki sirtiga oyilgan Tishli uzatma, kamdankam hollarda ichki tishlashishli Tishli uzatma ishlatiladi.

Kichik va ortacha tezliklarda, ochik, holda yoki tezliklar qutisida ishlashi uchun togri tishli; ortacha va yuqori tezliklarda, muhim uzatmalarda foydalanish uchun qiyshiq tishli; ogir ishlarni bajaradigan mashinalarda katta moment va quvvatlarni uzatish uchun shevron tishli; evolventa ilashishli; barcha muhim konussimon Tishli uzatmalar uchun doiraviy tishli gildiraklardan foydalaniladi.

Tishli uzatma mexanik uzatmaning eng samarali va keng tarqalgan turi. Ular juda kichik kVt dan bir necha ming kVt gacha quvvatni, grammning bir necha ulushidan 10 MN 1000 t kuch gacha aylanma kuchni uzatishda qollaniladi. Tishli uzatma boshqa uzatmalarga qaraganda ixcham, f.i.k. yuqori, kopga chidamli, valga kam yuk tushishi bilan farq qiladi. Ish vaqtida shovqin chiqarishi va tayyorlashda yuqori aniqlik talab qilinishi, tishlarning sinishi, toliqib yemirilishi, yeyilishi va boshqa omillar Tishli uzatmaning kamchiligi hisoblanadi. Tishli uzatma oddiy bir pogonali uzatma korinishida va bir necha uzatmadan iborat birikma korinishida mashinalarga ornatib yoki alohida agregat tarzida ishlatiladi.