ⓘ Tishli gildirak - bir valdan ikkinchi valga harakat uzatish uchun moljallangan detal; tishli uzatmaning asosiy detali. Silindr yoki konussimon sirtlarga tishlar ..

                                     

ⓘ Tishli gildirak

Tishli gildirak - bir valdan ikkinchi valga harakat uzatish uchun moljallangan detal; tishli uzatmaning asosiy detali. Silindr yoki konussimon sirtlarga tishlar kesilgan diyekdan iborat. Bir Tishli gildirak tishlari ikkinchi T.g. tishlari bilan ilashib harakat uzatadi. T.g. termik yoki kimyoviytermik ishlov berilgan legirlangan polat, plastmassa, yogoch, tekstolitdan tayyorlanadi. Silindrik, evolventa, sikloidal va boshqa shakllarda yasaladi. Silindrik T.g. tishlari tashqi va ichki boladi. Tishlar togri vintsimon, shevron va qiyshiq qilib yasaladi. T.g. shesternya deb ham ataladi. Mas., reduktorsozlikda tishlar sonidan qatiy nazar kichik T.g.lar shesternya, kattalari gildirak deyiladi. Mashina, asbob, apparat, hisoblagich va boshqa mexanizmlarda turli shakllardagi T.g.lar ishlatiladi.