ⓘ Toshkent aviatsiya instituti - aviatsiya va kosmik sohalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oquv yurti. 1995 yilda ToshTU ning samolyotso ..

                                     

ⓘ Toshkent aviatsiya instituti

Toshkent aviatsiya instituti - aviatsiya va kosmik sohalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oquv yurti. 1995 yilda ToshTU ning samolyotsozlik fakulteti, Kiyev xalqaro fuqaro aviatsiya institutining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent aviatsiya texnikumi hamda "Ozbekiston havo yollari" milliy aviakompaniyasining oquvmashgulot markazi negizida tashkil qilindi. Institutda 5 ft: umumtexnika, aviakoinot, fuqaro aviatsiyasi, sirtqi va malaka oshirish ftlari bor. Unda 23 ta kafedra, kompyuter texnologiyalarini oquv jarayoniga tatbiq qilish va masofaviy talim tizimini shakllantirish muammolari bilan shugullanadigan "Axborot talim markazi" va Ozbekiston Respublikasi aviatsiya sohasining muammolari ustida ilmiy tadqiqotlarlar olib boradigan 4 ta markaz: "Aviatsiya ilmiy-texnika markazi", "Marketing tadqiqotlari markazi", "Oquvilmiy ishlab chiqarish. markazi" va "Til markazi" mavjud. Ularning faoliyati Ozbekiston va jaxon bozorini chuqur marketing taxlili asosida organish, texnologik jarayonlarni yangi zamonaviy tadqiqotlar asosida avtomatlashtirish, korxonalar mugaxassislarining malakalarini oshirish kurelarini tashkil qilish, konsalting xizmatlarini tashkil qilish, institutda oquv va ilmiy tadqiqotlar faoliyatini takomillashtirish borasida yangi oquv, uslubiy va ilmiy ishlarni rivojlantirishdan iborat.

Institut qoshida avialitsey faoliyat korsatmoqda. Institut 3 ta binosining xar bir fakultetida kutubxonalar mavjud 300 mingdan ortiq asar. Institut 9 yonalish boyicha bakalavrlar, 9 mutaxassislik boyicha magistrlar tayyorlaydi; 2003/04 oquv yili institutda, 1.8 ming talaba oqidi, 175 oqituvchi, shu jumladan, 21 fan doktori va professor ishladi. Institut xorijiy mamlakatlar - AQSH, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Ukraina, Rossiya, Yaponiya bilan ilmfan, talim va boshqa sohalarda hamkorlik qiladi. Institutda yengil rusumli uchish apparatlarini loyihalash va ishlab chiqarish.ga joriy qilishga doyr ishlari olib boriladi. Institut pedagogolimlari "Ozbekiston aviatsiya industriyasi ni 2010 yilgacha rivojlantirish strategiyasi" milliy dasturini ishlab chiqishdi. Institutda 200 ta talabaga moljallangan talabalar uyi faoliyat korsatadi. Institut faoliyati O. U. Salimoye, X. G. Sarimsoqov, G. I. Yakubin, K. B. Usmonov, Sh. F. Ganixonov, M. A. Ikromov va boshqa olimlar nomi bilan bogliq. Institutda 2004 yilgacha 3000 dan ortiq mutaxassis tayyorlandi.