ⓘ Toshkent viloyat pedagogika instituti - pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oquv yurti. 1967 yil Toshkent viloyatining Angren shahrida ochilgan. Institutda 6 ft ..

                                     

ⓘ Toshkent viloyat pedagogika instituti

Toshkent viloyat pedagogika instituti - pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oquv yurti. 1967 yil Toshkent viloyatining Angren shahrida ochilgan. Institutda 6 ft, sirtqi ft va bolim, 29 kafedra, 17 oquv laboratoriya, 21 bolim va markaz, jumladan, oquv, magistratura, ichki nazorat va monitoring, marketing, manaviyat va marifiy ishlar, iqtidorli talabalar bilan ishlash bolimlari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining institut bolimi, axborot texnologiyasi va masofadan oqitish markazi, kutubxona mavjud. Institutda 18 talim yonalishi buyicha bakalavrlar, 3 mutaxassislik boyicha magistrlar tayyorlanadi. 2003/04 oquv yili institutda 4633 talaba talim oldi, 360 oqituvchi, jumladan, 5 fan doktori va professor, 68 fan nomzodi va dotsent ishladi. Institut faoliyati I. T. Yormatov, D. T. Toxliyev, U. Abdiyev, G. Pardayev, M. B. Boboyev, Sh. Ergashev, M. Mirkomilov, G. B. Niyozov kabi professor oqituvchilar nomi bilan bogliq. Institutda "Chotqol ziyokori" gaz. nashr etiladi. 2004 yil gacha institut 1.4 mingdan ortik, mutaxassis tayyorladi.