ⓘ Toshkent tibbiyot pediatriya instituti. O`rta Osiyoda yagona Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti Sobiq Ittifoq davrida 1972 yilda O`rta Osiyo Pediatriya tibb ..

                                     

ⓘ Toshkent tibbiyot pediatriya instituti

O`rta Osiyoda yagona Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti Sobiq Ittifoq davrida 1972 yilda O`rta Osiyo Pediatriya tibbiyoti instituti nomi bilan tashkil topgan Institutni ochish to’g’risidagi Ittifoq Ministrlar Soveti qarorining asl nusxasida: "Toshkent shaxrida O`rta Osiyo Tibbiyot Pediatriya institutini tashkil etish haqida: 1972 yilda Toshkent shaxrida Ittifoq Sog’liqni Saqlash Vazirligining Toshkent va Andijon Tibbiyot institutlari Pediatriya fakultetlari bazasida O`rta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti tashkil etilsin", deb yozilgan Institut uchun, dastlab Toshkent shaxridagi 5- yuqumli kasalliklar kasalxonasi, xozirgi ToshPTI yotoqxonasi va kattalar klinikasi joylashgan bino ajratildi. Institutning rasmiy ochilishi 1972 yil 7 sentyabrda bo`lib o`tdi va uning nomi O`rta Osiyo Pediatriya tibbiyot instituti - SAMPI deb yuritila boshlandi.

Institutning asosiy vazifasi O`rta Osiyo respublikalari va Janubiy Qozog’iston uchun yuqori malakali vrach-pediatrlar tayyorlash edi. Bunday vazifaning bo`lishiga sabab, O`rta Osiyo respublikalari aholisi tarkibida bolalar sonining ko`pligi, hududda pediatr vrachlarning etishmasligi, bolalar O`rtasidagi kasallik va o`lim ko`rsatkichlarining yuqoriligi, pediatriya sohasida etuk olimlarning etishmasligi edi.

Institut rektori lavozimiga o`sha yillari O`zbekistan Sog’liqni Saqlash vaziri muovini, ToshMI yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri lavozimida ishlayotgan tibbiyot fanlari doktori, prof. V.M.Majidov tayinlangan. Keyinchalik, o`quv ishlari bo`yicha prorektor lavozimiga tibbiyot fanlari doktori, prof. S.A. Dolimov, ilmiy ishlar bo`yicha prorektor lavozimiga tibbiyot fanlari doktori, prof. O.S.Maxmudov, xo`jalik ishlari bo`yicha prorektor lavozimiga M.K.Kamolov, o`quv bo`limi boshlig’i lavozimiga O`zbekistondan xizmat ko`rsatgan o`qituvchi, dotsent S.S.Rumi va dekan lavozimiga tibbiyot fanlari doktori prof. F.X.Nazarmuhammedovlar tayinlandilar. Institut ochilgunga qadar juda og’ir mashaqqatli tayyorgarlik ishlari boshlandi.

O`quv yili boshlanmasdan qisqa muddat ichida amalga oshirilishi lozim bo`lgan asosiy vazifalar belgilab olindi: 40 ta kafedrani professor- o`qituvchilar, o`quv qurollari va o`quv bazalari bilan ta`minlash, yangi kutubxona barpo etish, institut xo`jalik ishlarini tashkillashtirish, Toshkent va Andijon tibbiyot institutlari pediatriya fakultetlari 2-6-kurs talabalarini ko`chirib keltirish va ularni yotoqxonalar bilan ta`minlash, birinchi kursga talabalar qabul qilish, 1 sentyabrdan boshlab 1-6-kurslarda o’quv jarayonini tashkil etish lozim edi. qayd etish lozimki, yangi institutning yangi jamoasi yozgi 2 oylik ta`til davrida jamoatchilik asosida juda ulkan ishlarni amalga oshirdi, asosiy mo`ljallangan vazifalar bajarildi va 1972 yil sentyabr oyida o`qish boshlandi. Yangi institut jamoasi bir vaqtda 6 ta kursda o’qish boshladi va og’ir sinovdan muvaffaqiyatli o`tdi.

Tashkiliy davr mobaynida 4 ta moslashtirilgan o’quv korpuslarida 18 nazariy kafedra, 6 ta ma`ruzaxona va rektorat bo`limlari tashkil topdi. 22 ta klinik kafedralar Toshkent shahri va Toshkent viloyati davolash muassalarida joylashtirildi. O`sha vaqtda ToshMI va uning kafedralaridan zarur bo`lgan moddiy yordam - o’quv jihozlari, mebellar o’quv kitoblari va shu kabilar olindi. 1972 - 1973 o’quv yilida 703 nafar talaba birinchi kursga o`qishga qabul qilindi va institut tarkibida 32 millat vakili bo`lgan 3170 nafar talaba o`qishni boshladi. Talabalikka Tojikiston, Qirg’iziston va Turkmanistondan-100, O`zbekiston va Sobiq Ittifoqning boshqa hududlaridan 603 kishi qabul qilindi. SHu o’quv yilining oxiriga kelib 449 nafar talaba institutni muvaffaqiyatli tugatdi. 1972 yilning sentyabr oyidan boshlab dastlabki jamoat tashkilotlari saylandi va ular faollik bilan ish boshladilar. Partiya tashkiloti sekretari lavozimiga dotsent N.X Ýshmetov, xodimlar kasaba uyushmasi raisligiga dotsent R.K.Kurbonov, talabalar kasaba uyushmasi raisi lavozimiga t.f.n. Ý.O.Tursunov, komsomol tashkiloti lavozimiga L.I.Ivanovalar saylandi. Keyinchalik yosh pedagoglar maktabi boshlig’i prof K.S. Sulaymonov, murabbiylar kengashi rais prof. U.Z. Kodirov, "Bilim" jamiyati boshlig’i prof V.A.Alimov o’quv tarbiya va boshka ishlarda faollik ko`rsata boshladilar.

Keyingi o’quv yillariga kelib qabul soni 800 kishiga etdi va ayrim yillari mingga ham yetib bordi. Xar yili Turkmaniston, Qirg’iziston, Tojikiston respublikalari 50 nafardan, Janubiy Qozog’iston 15 nafargacha talabasini birinchi kursga o`qishga yuborar, 600 ga yaqin talaba O`zbekiston Respublikasi shaxar va viloyatlaridan o`qishga qabul qilinardi.

Institut 1988 yilgacha Sobiq Ittifoq Sog’liqni saqlash vazirligi qaramorg’ida turdi, so`ng O`zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi tasarrufiga o`tkazildi. Shundan boshlab qo`shni respublikalardan talaba qabul qilish to`xatildi. O`rta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti 1989 yil 28 apreldan boshlab O`zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligining 357-sonli buyrug’iga asosan Toshkent Pediatriya tibbiyoti instituti - ToshPTI deb yuritila boshladi. 1990 - 1991 o’quv yillaridan boshlab Nukus shaxrida institut filiali ochildi, institut biokimyo kafedrasi professori J.M.Mamutov filial direktori etib tayinlandi. Xozirgi kunda filial direktori professor O.A.Ataniyazova.

O`tgan davr ichida ToshPTIda vrach - pediatr, bolalar jarrohi, bolalar infektsionisti kabi kasb egalarini, ya`ni 30 mingga yaqin shifokorlar tayyorladi.

Ulardan 1065 bitiruvchi institutni imtiyozli diplom bilan tugatgan.

Institutda talabalar soni oshishi bilan qurilishlar jadallashtirildi, o’quv binolari, klinik bazalar, yotoqxonalar kengaytirib borildi: 1976 - 1978 yillarda 1860 urinli 5 ta yotoqxona ishga tushirildi, 1976 yilda institut hududida uch qavatli yangi zamonaviy morfologik bino, 1981 yili o`quv-davolash binosi - SAMPI maktabi, 1985 yili yangi bolalar klinikasi, 1990 yili 4 kavatli o’quv- ma`muriy bino qurib ishga tushirildi.

1977 yildan boshlab talabalarni institutga kirishga tayyorlash uchun maxsus tayyorlov kursi ochildi. Keyinchalik bu kurs tayyorlov fakultetiga aylantirildi, uning birinchi dekani prof. X.H. Hakimov bo`ldi, keyinchalik fakultetni prof S.S.Solixo`jaev boshqardi.

1974 - 1975 yillarda ToshPTIda uch yarim mingdan ortiq talabaga 19 nafar professor, 54 nafar dotsent, 178 nafar assistent shundan 103 nafari fan nomzodi dars bergan bo`lsa, 2000 - 2001 o’quv yiliga kelib, 2514 nafar talabaga dars bergan 349 nafar o`qituvchidan 46 nafari fan doktori, 138 nafari fan nomzodi edi. 2012 yilga kelib esa, 3 ming atrofidagi talabaga dars beruvchi 522 nafar professor - o`qituvchidan 63 nafari fan doktori, 218 nafari fan nomzodi hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, boshqa soxalar kabi tibbiy ta`limda xam katta isloxotlar boshlandi - yangi milliy ta`lim dasturi yaratildi va bu dasturga ko`ra tibbiy institutlarda 2 bosqichli vrachlar tayyorlash jarayoniga o`tildi umumiy amaliyot shifokori va magistrlar tayyorlash bakalavriatura va magistratura. Xozirgi vaqtda tibbiyot institutlarida, xususan ToshPTIda umumiy amaliyot shifokori bo`lishi uchun 7 yillik muddat belgilandi. ToshPTIda 2000-2001 o’quv yilidan boshlab quyidagi mutaxassisliklar bo`yicha magistrlar tayyorlash boshlandi.

M 720201 Pediatr - o’quv muddati 3 yil

M 720201 Anesteziolog-reanematolog- o’quv mudatti 3 yil

M 720123 Oilaviy shifokor-o’quv muddati 3 yil

2012 yilga kelib magistraturada mutaxassisliklar soni 25 taga etdi. Respublikada Ta`lim sohasida sifatli kadrlar tayyorlash bo`yicha olib borilayotgan islohotlar, bozor iqtisodiyotiga o`tish talablariga ko`ra ToshPTIda malakali pediatrlar tayyorlashga alohida e`tibor berilmoqda. Mustaqillik yillariga kelib, Tibbiyot institutlarining soni ortib bordi. Mustaqillikkacha ularning soni respublikamizda uchta bo`lsa, hozirda uchta filial bilan 9 taga yetdi. Shularni inobatga olib, 1998 yildan boshlab ToshPTIda talabalar qabuli soni 410 tagacha tushirildi va institutga qabul qilish 1994 yildan boshlab test sinovlari asosida o`tkazila boshlandi. Institutga qabul kilishning bunday shakli iqtidorli talabalar uchun institutlarga kirishga keng yo`l ochib berdi. 1995 yildan boshlab institutlarga talabalar qabul qilish shartnoma asosida ham olib borildi va 1997 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko`ra, byudjetdan tashqari shartnoma asosida talaba qabul qilishga ruxsat etildi. Bu, bir tomondan fuqarolar, ayrim jamoalar talabiga mos kelsa, boshqa tomondan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetida turgan institutlarning moddiy jixatdan rivojlanishida, o’quv samaradorligini oshirish va o`qituvchilarni moddiy rag’batlantirishda katta ahamiyatga ega edi. O’quv jarayonining samaradorligini oshirish institut tashkil topgan kundan boshlab to shu kungacha institut rahbariyati jamoasi diqqat markazida turadi.