ⓘ Toshkent toqimachilik va yengil sanoat instituti - paxta sanoati, toqimachilik, yengil sanoat, matbaa va qogoz ishlab chiqarish sohalari uchun bakalavr va magis ..

                                     

ⓘ Toshkent toqimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent toqimachilik va yengil sanoat instituti - paxta sanoati, toqimachilik, yengil sanoat, matbaa va qogoz ishlab chiqarish sohalari uchun bakalavr va magistrlar tayyorlaydigan oliy oquv yurti. Toshkent toqimachilik instituti nomi bilan 1932 yilda tashkil etildi, 1968 yildan hozirgi nomi bilan ataladi. Institut tarkibida 6 ft: paxta texnologiyasi va mexanika, mexanik texnologiya, yengil sanoat texnologiyasi, muhandispedagogika, sirtqi, malaka oshirish ftlari, test sinovlariga tayyorlov bolimi bor. Institutda zamonaviy dastgoh va uskunalar, kompyuterlar bilan jihozlangan oquv laboratoriya, "CENTEXUZ" sertifikatsiya laboratoriya, test markazi, 30 ta kafedra, "Geydelberg" firmasi bilan hamkorlikdagi matbaa oquv markazi faoliyat korsatadi. Kutubxona bor. Institutga doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilish huquqi berilgan. Institutda 9 yonalish boyicha bakalavrlar, 18 mutaxassislik boyicha magistrlar tayyorlanadi. Institut tashkil topgandan beri 40 mingdan ortiq mutaxassis yetishib chiqsi. 2003/04 oquv yili 3.5 mingdan ortiq talaba talim oldi, 350 ga yaqin professor, oqituvchi, shu jumladan, 35 fan doktori va professor ishladi. Institut yollanmasi bilan 250 yosh olim chet ellarda malaka oshirdi. Institut Xalqaro toqimachilik akademiyasi, Xalqaro oliy oquv yurtlari uyushmasi, Xalqaro ipak uyushmasi azosi. Institut olimlari Ozbekiston iqtisodiyotining muhim sohalariga molik paxta, ipak, toqimachilikning texnikatexnologiyalari, chiqindisiz texnologiya kabi mavzularda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boradi. Itt qoshida 5 ta talabalar uyi, zamonaviy sport zallari, sanatoriyprofilaktoriy, soglomlashtirish maskani, iqtidorli yoshlar akademiyasi, talabalar konstruktorlik byurosi, modalar teatri faoliyat korsatadi. Institut faoliyati Z. A. Abdullayev, H. A. Alimova, M. F. Ahmedov, A. K. Inoyatov, F. S. Kungursova, S. N. Nusratov, A. Rahmatullayev, T. R. Rashidov, N. I. Truyevsev, X H Usmonxojayev, M. T. Orozboyev, M. A. Hojinova va boshqa olimlar nomi bilan bogliq.